Individning o‘z tanasi og`irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda muskullar guruhiga ta’sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik – kuch talab qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa ogirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil (statik holat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni soglom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirish metodlari
Maksimal zo‘riqish metodi, ya’ni me’yordagi yoki me’yorga yaqin og`irliklarni ko‘tarish (o‘z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko‘p bo‘lmasada ortishini ta’minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nerv-psixik zo‘riqishi bilan bogliq, ayniqsa, o‘quvchilar kuchi-ni rivojlantirishda noqulaylik tugdiradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni yo‘lga qo‘yolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tugdiradi, chunki me’yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazi-dagi qo‘zgalishni generalizatsiyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qo‘shilib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, shuni hisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lgan sportchilarning nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, me’yoriga yaqin bo‘lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida me’yor bo‘lmagan nagruzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydani ham bermaydi.