Gumanistik psixologiyada shaxs (2soat) Reja: Gumanistik psixologiyaning asosiy tamoyillari G. Olportning shaxs nazariyasi



Yüklə 294,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix10.04.2023
ölçüsü294,73 Kb.
#125027
1   2   3   4   5   6   7   8
5 ma\'ruza uchun umumiy

Fiziologik – 85% 
Xavfsizlik va himoya – 70% 
Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50% 
Hurmat va e’tibor – 40% 
O‘zida extiyojlar perarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi 
o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 % 
Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, 
yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori 
pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. 
Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun 
mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin 
muloqandmandlik xos. 
1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv 
vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan 
psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. 
Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni 
shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux 
desa ham bo‘ladi. Maslou o‘z yo‘nalishini psixologiyadagi uchinchi kuch deb 
nomlagan. Bu yondashuv vakillari inson tabiatining aniq kelib chiqish 
konsepsiyalarini ajratib o‘rganishgan. Amaliy jihatdan esa bu yondashuvlar g‘arb 
falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining chuqur ildiziga ega. Gumanistik psixologiyaning 
ildizi ekzistensial falsafa ildizlariga borib taqaladi. Uni Seren Kerkegor (1813-
1855), Karl Yaspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976) va Jan-Pol Sartr 
(1905-1980) kabi bir qancha Evropalik faylasuf yozuvchilar hisoblanadi. 
Gumanistik psixologiyani namoyondalari Erik From, Gordon Olport, Karl 
Rojers, Viktor Frankl va Rollo Mey kabi mashhur psixologlar hisoblanadi. 
Gumanistik psixologiya namoyondalarining fikricha, inson hech qachon bir joyda 
qotib qolmaydi, u har doim rivojlanishga imkon topadi. Kollejning yuqori kurs 
studenti o‘zining to‘rt yil avvalgi o‘spirinlik davriga qaraganda hozir boshqacha. 
Uning fikrlashi, dunyoqarashi o‘zgargan. Uni yana to‘rt yildan so‘ng uchratsangiz u 
o‘z xayotining yangi yo‘llarini egallagan, masalan, o‘zining kasbiy kar’erasiga ega 
bo‘lgan yoki oilali, farzandli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu yo‘sinda erkin mavjudot 
bo‘lmish inson bu xayotda yashashi uchun o‘zining ko‘pgina imkoniyatilarini 
ochishi zarur.
O‘z o‘rniga ega bo‘lish oson emas. Insonlar o‘z taqdirlarini tanlash va unga 


o‘zlarini yo‘naltirishga o‘zlari mas’uldirlar. Bu dunyoga kelgan ekanlar ular faqat 
birgina insonning ya’ni o‘zlarining xayotlariga mas’uldirlar. Mas’ullik va 
erkinlikdan qochish bu o‘zini soxta tutish bo‘lib, oxiri umidsizlik va tashvishli 
xayotga olib keladi. Maslou shaxsning gumanistik nazariyasini ishlab chiqqan 
bo‘lib, bu 50 yil davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan. Maslouning fikricha Individ 
bu bir butunlikdir. Har bir insonni unikal, tashkillashgan, bir butunlikda o‘rganish 
kerak. U psixologiyada shuncha yildan beri insonning alohida xodisalarini detali 
analiz qilishganini ta’kidlaydi. 
Maslou uchun shaxsning markaziy xususiyati bu uning umumiyligi va bir 
butunligidadir. Yaxshi teoriyada oshqozon yoki tish yoki bosh og‘rig‘i kabi reallik 
mavjud emas. Faqatgina individium ehtiyoji mavjud. Agar bir kishi och deylik. 
Uning o‘zi nimanidir egisi keladi, oshqozoni emas, agar u kishi biror narsa tanavvul 
qilsa, o‘zi egan bo‘ladi. Uning oshqozoni emas. Demak u kishi o‘zi butunlikda 
ehtiyojini qoniqtirgan bo‘ladi, faqatgina oshqozonining ehtiyojini emas. 
Ya’ni Maslouning fikriga ko‘ra, motivatsiya bitta butun insonga ta’sir qiladi, 
uning alohida organizmiga emas


Yüklə 294,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin