Gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 65,32 Kb.
səhifə3/15
tarix01.10.2022
ölçüsü65,32 Kb.
#118064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Amir Temur davlatida markazlashgan davlatning tashkil topilishi. Balx ustiga yurish 1370yil 15 mart kuni erta tongda boshlandi. Termizga yaqinlashganlarida, undan uch farsax (18-21 km) berida joylashgan Biyo qishlog`ida, andxud sayidzodalaridan sayyid Baraka xazrat soxibqironning oldiga peshvoz chiqdilar va unga xammaning oldida nog`ora bilan bayroq tutqizdilar. Bayroq bilan nog`ora musulmonlarning odatiga ko`ra, toju taxt ramzi bo`lib, uni oliy martabali ruxoniyning qo`lidan olish tez orada uning toj-taxt va saltanat egasi bo`lishligiga ishora edi.


Amir Temurning Balxga yurishida so`nggi manzili qo`xi shodiyonning g`arbiy etagidagi, Balxob daryosi soxilida joylashgan Elburz qal`asi bo`ldi. Temurbek va uning qo`shinlari «Iydi ramazon»ni shu yerda kutib oldilar, so`ng qurultoy chaqirilib Chingizxon naslidan bo`lmish Suyurg`otmish o`g`lon (1370-1388) xon etib saylandi. Qurultoyning ertasiga Temurbek qo`shinini olib balx ustiga qarab yurdi. qo`shin tarkibida Joku barlos, Bayon Sulduzning o`g`li shayx Muxammad, Shibirg`on xokimi Muxammadxo`ja aperdining o`g`li Zinda Chashm bor edi.
Zamondosh tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning so`zlari bilan aytganda «Temurbekning bayrog`i ostiga shu qadar ko`p lashkar to`plangan ediki, uning savlatidan tog`u-tosh va dashtu biyobonlar larzaga keldi».
1370 yil 5 aprel kuni Balxning Xinduvon deb atalmish tashqi qal`asi Temurbek lashkari tarafidan qurshab olindi. qal`aning janub tarafidagi Navbaxor darvozasi qarshisiga Umarshayx Mirzo bilan Joku Barlos, shaxarning kun chiqish tarafidagi Xinduvon darvozasi qarshisiga amirzoda Jaxongir bilan amir Oq Bug`a, shaxarning kun botar tarafida joylashgan Darbi voqea darvozasiga amir Dovud bilan amir Muayyad, shimol tomondagi xiyobon darvozasiga amir Sor Bug`o bilan Xusayn baxodir qo`shini bilan qo`yildi.
Balxning tashqari shaxari Xinduvon uchun boshlangan shiddatli janglar ikki kun davom etdi. Ikkala taraf xam katta talofot ko`rdi. Og`ir janglardan birida Temurbekning o`n olti yoshga kirgan o`g`li Umarshayx Mirzo oyog`idan yarador bo`ldi.
Urushning ikkinchi kuni xinduvon darvozasi tarafdan shaxarga qattiq zarba urildi. Jaxongir Mirzoning bir gurux yigitlari kechga yaqin darishga sazovar bo`ldilar. Boshqa darvozalar qarshisi olib borilayotgan janglar xam muvofaqqiyatli bordi.
Oxir-oqibat qamaldagilarning axvoli og`irlashdi. Ortiqcha qarshilik ko`rsatish befoyda ekanligini Amir Xusayn xam tushundi. Nima qilib bo`lsa xam jonini omon saqlab qolish payiga tushdi va Temurbek xuzuriga sulx so`rab elchi yubordi. Xazrat soxibqiron agar u o`z ixtiyori bilan taslim bo`lsa, uni omon qoldirishga so`z berdi. Shundan keyin Amir Xusayn darvozadan chiqib Temurbekning o`rdasi tomon yo`l oldi, lekin vaxima va qo`rquv bosib yo`lidan qaytdi va darvoza yonidagi minbar ichiga kirib yashirindi. Lekin uni topib oldilar va qo`l-oyoqlarini bog`lab, Temurbekning o`rdasiga keltirdilar. Amir Temur esa «men uni qonidan kechganman va undan intiqom olish tarixiga chiziq tortganman»,-deydi.
Shundan keyin Amir Kayxusrav Xatloniy xaqiqat so`rab, bir vaqtlar uning ukasi Kayqubodni o`ldirgan Xusaynni taqdirini menga topshiring deb iltimos qilsada soxibqiron o`z so`zida qat`iy turdi. Ammo Kayxusrav Xusaynni o`ldirganida unga e`tiroz bildirmaydi. Bu voqea 1370 yil 12 aprel kuni sodir bo`ldi.
Amir Temur Xusayn ustidan g`alaba qozongach, butun Movarounnaxrni o`z qo`li ostiga birlashtiradi. Balxda chaqirilgan qurultoyda Temur Chig`atoy saltanatining vorisi deb e`lon qilinadi. Lekin o`sha davrdagi vaziyatni xisobga olib va mo`g`ullarning qarshiligini kuchaytirmaslik maqsadida xon taxtiga Suyurg`otmish o`tqazilgan edi. Amalda esa Samarqand taxtini soxibqiron Amir Temur tomonidan boshqarilgan.

Yüklə 65,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin