– Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy - mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin.
Missionerlik nima?
King ma`noda missionerlik (lot. yuborish, topshirish) biror dinni o`z yurtidagi yoki o`zga yurtlardagi g`ayridinlar o`rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati hisoblanadi. Missionerlik - biror dinga e`tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ`ib qilish. Buddizmda miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yoyilgan, Xristianlikda missionerlik 4-asrdan paydo bo`lgan. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovi missionerlik Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (XV-XVIasrlar), o`z faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Yangi erlarni zabt etishda mustamlakachilarga yordam berdi. Katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ`ibot kongregasiyasini ta`sis etdi. Missionerlik 19-asrning uchinchi choragida, imperialistik davlatlar dunyoni bo`lib olish uchun kurash olib borgan davrda ayniqsa aktivlashdi. Xristian missionerlari Afrikada o`z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o`z mamlakatlari siyosatini o`tkazishga katta yordam beradilar. Hozir xam missionerlar imperialistik doiralar manfaatini ko`zlab ish olib bormoqdalar.