II. Anglash bosqichi. Maqsad: darslikda berilgan topishmoqlar bilan tanishtirish, mustaqil o‘qishga, topishmoqlar yuzasidan o‘zaro muhokama qilishga o‘rgatish.
Metod: mustaqil ish, krossvord yechish, suhbat metodi.
1. Topishmoqni ifodali o‘qish va javobini topish.
2. Savol-javob o‘tkazish:
— Birinchi topishmoqning javobi nimaga o‘xshatilgan? (G‘o‘zaga)
— Tungi osmon nimaga o‘xshatilgan? (ko‘k ko‘ylakka)
— 2-topishmoqda oy nima deb ta'riflangan? (patir)
— 3-topishmoqda karamni qaysi belgilariga ko‘ra topdingiz? (Ka-ramning qavat-qavat bargi qat-qat to‘nga o‘xshatilgan)
3. Krossvord yechish.
O‘qituvchi krossvordni vatmanga oldindan quyidagicha tayyorlashi mumkin: krossvord savoUari topishmoqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Sinfni 3 guruhga boiib, har bir guruhga 1 tadan krossvord yechish uchun beriladi. Bu usul bolalarning topishmoqni tez topishga ishtiyoqini oshiradi.
3-guruh uchun krossvord: Bo 'yiga
1. Pishirsang osh bo‘lur, Pishirmasang qush bo‘lur.
2. Gulsiz meva qiladi, Ko‘p yesang — til shiladi: G‘ir-g‘ildirak oy kulcha, Bu nima, kim biladi?
3. Chopsa chopilmaydi, Ko‘msa ko‘milmaydi.
4. Bodom kabi yaprog‘i, Sollanadi butog‘i, O‘zi shirin, tukligina, Mazasi ham totligina.
Eniga
5. Ikki ajib qulog‘i bor: Biri tinglar, biri so‘zlar.
6. O‘zi qizil, go‘zal biram, Qirga yozar qizil gilam.
7. Pak-pakana bo‘yi bor, Yetti qavat to‘ni bor.
Javoblar:
Tuxum. 2. Anjir. 3. Soya. 4. Shaftoli. 5. Telefon trubkasi. 6. Lola. 7. Piyoz.
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad: Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob olish orqali egal-langan bilimlami aniqlash, o‘yinlar orqali ijodiy izlanish ko‘nikmasini shakllantirish.
1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash:
— Topishmoqlarni kirn yaratgan?
— Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?
— Topishmoqning qanday foydasi bor?
— O‘zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?
2. O‘quvchilar bir necha qatorlarga ajratilib, o‘yin uyushtiriladi: qator boshliqlari o‘quvchilarga biror narsa rasmini beradi, o‘quvchi rasmga oid topishmoq aytadi. Bir o‘quvchi aytolmasa, orqadagi o‘quvchiga uzatadi. O‘quvchilarning o‘zlariga „Shunga doir topish-moqni o‘zingiz to‘qishingiz ham mumkin» deb aytiladi. Qaysi qator topishmoqni birinchi aytsa, o‘sha g‘olib sanaladi.
3. Uyga vazifa. Darslikda o‘qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib kelish.
4. O‘quvchilarni rag‘batlantirish va darsni yakunlash.
4-sinf o‘qish darslarida topishmoq o‘yinlardan foydalanish darsning yanada samarali bo‘lishini ta‘minlaydi. 4-sinfda quyidagi topishmoqlarni dars jarayonida qo‘llash mumkin:
1. Dilga surur beruvchi Alangamiz – alanga, Bahor kelsa qirlarni Bezaymiz alvon rangga
2. Yuvoshroqmiz kuchuklardan, Sariq, ola, qoramiz. Bir emas, naq beshta harfni Yoddan ayta olamiz. Yuqoridagi topishmoqlarni o‘yin tarzida berilsa, ularning chaqqon va topqir bo;lib darsni samarasini oshirishlariga yaqindan yordam beradi.
Darsni mustahkamlab mevalarning qayerda pishishini, ularning qaysi faslda uzib olinishi haqida ham suhbat uyushtiriladi.
“Meni tushun o‟yini”. Bu o‘yinni o‘quvchilar diqqatini jamlash maqsadida o‘qish darslarida bo‘ladigan dam olish daqiqalarida o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi buyumlar nomi yozilgan qog‘ozlarni stol ustiga teskari qilib qo‘yadi. O‘quvchilardan biri qog‘ozlardan bittasini tanlab oladi va u qog‘ozga yozilgan narsani shunday ta‘riflash kerakki, qolgan o‘quvchilar gap nima haqida ekanini angla ola olsinlar. Bu o‘yin o‘quvchilardan ziyraklik, atrof-muhitga qiziqish, sinchkovlik xususiyatlarini vujudaga keltirish va rivojlantirish uchun qo‘l keladi.
1 – variant: Bu yerda, davlatning nomi yoziladi. U bizning vatanimiz. Unda turli millat vakillari yashaydi. 1991 yil 31 avgustda mustaqil bo‘lgan. O‘zbekiston.
2 – variant: U hamma davlatlarda bo‘ladi. Rangi oq, yashil, moviy va qizil ranglardan iborat. Oy va 12 yulduz tasviri bor. Bayroq.
3 – variant: Bu kunni hamma bayramona kayfiyatda bo‘ladi. Bu yilning 20 yilligini nishonlaymiz. Bu qaysi bayram? Mustaqillik bayrami. Agar o‘yin loyihasini tuzishda mavzuga bog‘lanishni e‘tiborga olsak bu mavzuni mustahkamlashga yordam beradi. Suhbat o‘yinlari. Bunday o‘yinlar o‘qituvchidan o‘quvchilar bilan va bolalarning o‘zaro muloqotiga asoslanadi. Muloqot o‘yin shaklida amalga oshiriladi. Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘z nomidan emas, balki o‘quvchilarga yaqin bo‘lgan shaxs nomidan ishtirok etadi. Suhbat o‘yini savol-javob tarzida tashkil etiladi. Masalan, -“__” ga oid mavzuni o‘rganilganda ―Cho‘qqinizabt et‖ o‘yinidan foydalanish mumkin. Bu o‘yinda javoblari tezkorlik bilan aytish shartligi uqtiriladi. Tayyorlangan ko‘rgazmada zinalardan chiqib, cho‘qqidagi bayroqchani egallashlari aytiladi. Barcha zinalar qirg‘og‘iga savollar yozib qo‘yiladi. Savollarga navbatma-navbat javob qaytariladi. Natijada eng baland cho‘qqiga chiqishga erishiladi. Agar biror o‘quvchi savolga javob qaytara olmasa, u holda ushbu o‘quvchi o‘yinda mag‘lub bo‘ladi. O‘yin sharti. Kim yoki qaysi guruh birinchi bo‘lib savolga to‘g‘ri va tez javob berib o‘z bayrog‘ini cho‘qqiga olib chiqsa, o‘sha guruh yoki o‘quvchi g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni individual yoki guruh tarzida ham olib borilsa bo‘ladi. Bu o‘yinning guruh tarzida olib borilishi o‘quvchilani birdamlikda, hamkorlikda ishlashga undaydi.
Topishmoqlar shunchaki yaxshi o‘yin-kulgi emas: ular bolaning ongini rivojlantiradi, mantiqiy va xayoliy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo‘shadi, uning estetik va axloqiy tarbiyasiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, bu hayajonli mashg'ulot eng injiq va bezovtalanuvchi chaqaloqni ko‘tarishi va tinchlantirishi mumkin. Ishonmaysizmi? Keyin maslahatlarimizdan foydalaning va o‘zingiz ko‘ring. Topishmoqlar mavzusi haqiqatan ham juda katta.
Topishmoqlar - bu bolangizning ongini shakllantirish va o‘rgatish uchun eng yaxshi va qiziqarli mashg'ulotlardan biri. Shifrlangan so‘zlarni ochish chaqaloqning analitik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, bu faoliyat mantiq, tasavvur va zukkolikni rivojlantiradi. Ikki yoshdan boshlab psixologlar yigitlar bilan taxmin qilishni maslahat berishadi. Oson topishmoqlardan boshlang, sizni o‘rab turgan narsalar haqida yangilarini o‘ylab toping yoki maxsus adabiyotlardan foydalaning. Bolalar uchun topishmoqlar bo‘lgan ko‘plab kitoblar mavjud yoki ularni Internet manbalaridan foydalanib, "8 yoshli bolalar uchun javoblari bo‘lgan topishmoqlar" yoki "8 yoshli bolalar uchun oson javobli topishmoqlar" kabi iboralarni so‘rash orqali topishingiz mumkin. Yetti yoshdagi bolalar uchun she'rlar ko‘rinishidagi topishmoqlar mos keladi. Sakkiz yoshdan boshlab, bola siz bilan qiziqarli o‘yin o‘ynashi mumkin - o‘z-o‘zidan topishmoqlar yaratib, shu bilan hushyorlik va zukkolikni rivojlantiradi. Bola bilan taxmin qilishda o‘ynaganda, ularda ishlatiladigan barcha so‘zlar chaqaloqqa tanish ekanligiga ishonch hosil qiling.
Yer ustidagi yashil o‘tlar
Qizil bosh er ostida. (lavlagi)
Dumaloq, maydalangan, oq,
U daladan dasturxonga keldi.
Siz ozgina tuzsiz,
Bu haqiqatan ham mazalimi? (Kartoshka)
Keksa bobo yuzta mo‘ynali kiyim kiygan.
Kim uni yechisa ko‘z yosh to‘kadi. (Piyoz)
Yashil semiz ayol
U juda ko‘p yubkalar kiyib olgan.
Balerina kabi turadi
Cape barglaridan. (Karam)
Sabzavot bog'i
Podvalda yashiringan yorqin qizil rang,
Va ortiqcha oro bermay guldastaga o‘xshaydi. (Sabzi)
O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q,
Cho‘g‘i boru kuyasi yo‘q.
(Elektr plitka)
Po‘lat qushim uchdi-ketdi.
Bir zum o‘tmay Oyga yetdi.
Radio desam, radio emas,
Kino desam, kino emas.
Eshitasan so‘zini
Ham ko‘rasan o‘zini. (Televizor)
Bir tuyam bor, guldiroq,
Hamma yeri yaltiroq. (Traktor)
Bodomcha bodomcha bilan,
Etti kalit tom bilan.
Ne kuzi bor, ne ogzi bor,
Suylashadi odam bilan.(Kitob)
Gurillashi tegirmonday,
Lekin tegirmon emas.
Uchishlari g‘ajirday,
Lekin g‘ajir emas. (Samolyot)
Kechqurun tomga g‘o‘za yoysam,
Ertalabgacha bitta ham qolmabdi. (Yulduzlar)
Xullas, topishmoqning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi. Ularga javob topish ermak uchun emas, balki o‘rganilayotgan bilimlar tizimi taraqqiyoti uchun zarurdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo‘nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, didaktik o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni darslarga bo‘lgan qiziqishini, o‘zlashtirish darajasini ko‘taradi.
Milliy istiqlоl shаrоfаti bilаn оnа tili tа’limini tаkоmillаshtirish dаvоm etmоqdа. Оnа tili tа’limidаn ko‘zlаngаn аsоsiy mаqsаd o‘quvchilаrni nutqiy fаоliyatgа tаyyorlаsh ekаn, so‘z bоyligini оshirish birinchi gаldаgi vаzifа sаnаlаdi. Shu mаqsаddа biz “Har xil janrdagi asarlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish” yo‘llarini ishlab chiqdik va dars o‘tish namunalarini keltirdik. Ishimiz davomida quyidаgi to‘хtаmlаrgа kеldik:
1. Mаtn bаdiyatini tаhlil etish аsоsidа o‘quvchilаrning mustаqil fikrlаsh qоbiliyati o‘stirilаdi.
2. Dаrsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o‘quvchilаrning аdаbiyotgа bo‘gan qiziqishini оrttirаdi.
3. O‘qish darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
4. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ertaklar ustida ishlash yaxshi vosita bo‘la oladi. Chunki bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Ertak tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalarni chuqur his etadilar, ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar.
5. Xalq yaratgan maqollarning ma’nosi, tuzilishi, vazifasini o‘quvchilarga tanishtirib borish ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirish bilan birga, biror voqea-hodisa haqida tez hukm chiqara olishga va teran fikrlashga undaydi.
6. O‘quvchilаrga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilsa, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirishlari osonlashadi, fikrlashi kengayadi, dunyoqarashi shakllanadi, o‘z fikrini, his-tuyg‘usini оnа tilining imkоniyatlаri dоirаsidа ifоdаlаsh vаzifаlаrini bаjаrа оlаdigаn dаrаjаdаgi kеlаjаk kishisi bo‘lа оlаdi.
7.Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini ta’minlashda хаlq оg‘zаki ijоdi ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi.
8.Har xil janrdagi asarlarni o‘rganishda undagi ayrim so‘z va iboralar bilan ishlash, bir tomondan, asar mazmunini oson hamda toliq o‘zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bolalar lug‘atini boyitish, til hodisalarini anglash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, so‘zlarni fonetik jihatdan o‘zlashtirishga zamin bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan o‘quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo‘lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o‘tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi.
Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarni xilma-xillash ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish–bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo‘lgach pedagogik texnologiyalar ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi. O‘qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir.Tadqiqot ishimiz davomida biz metodist-olimlarning ta’lim vositalaridan foydalanish haqidagi barcha nazariy va amaliy qo‘llanmalarni o‘rganib chiqdik. ulardan ishimiz davomida foydalanishga harakat qildik.
Shunday qilib, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o‘zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |