Guruh talabasi Nurmatova Xonzodabegim Matn muharirlari va Word matn protsesiri. Kiritish,tahrirlash va formatlash amallari


Raqamli ma’lumotlar qanday o‘chiriladi?



Yüklə 24,24 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü24,24 Kb.
#130662
1   2   3   4   5
Matn muharirlari va Word matn protsesiri.Kiritish,tahrirlash va formatlash amallari.

Raqamli ma’lumotlar qanday o‘chiriladi?


Bir qarashda juda oson ko’rinsa-da, aslida ma’lumotlarni to’liq o’chirib tashlash unchaik ham oddiy emas. «O’chirish» tugmasini bosganingizda yoki faylni chiqindi qutisiga (Windows uchun Recycle Bin, Apple uchun Trash) ko’chirganingizda, operatsion tizim fikringizni o‘zgartirishingiz mumkinligini hisobga olgan holda o’chirilgan faylni bir muncha vaqt o’sha yerda saqlaydi. Qurilmangizga kirish huquqiga ega har bir shaxs bu faylni osongina topishi mumkin.
Hattoki Chiqindi qutisini bo’shatganingizda yoki uni chetlab o‘tgan holda fayllarni o‘chirganingizda ham bu fayllar qurilmangizdan to’liq o’chirilmaydi. Fayllarni shu tarzda o’chirsangiz, qurilmangizdagi operatsion tizim bu fayllar endi kerak emasligi haqida signal oladi va ularni ko’rsatishni to’xtatadi. Aslida bu fayllar butunlay o’chirilmaydi. Operatsion tizim qattiq diskdan o’chirilgan fayllar o’rnini bo’sh joy deb belgilaydi va bu bo’sh joyni faqat boshqa narsa uchun kerak bo’lgandagina ishlatadi. Ya’ni yangi ma’lumotlarni mana shu bo’sh joyga saqlaydi, ustiga yangi ma’lumotlar yozilganligi uchun o’chirilgan fayllar butunlay o’chib ketadi. Bu jarayon sodir bo’lgunga qadar, «o’chirilgan» fayllar qurilmangizda turadi. Ularni qayta tiklash unchalik ham qiyin emas.
Mavjud maxsus vositalar yordamida siz qurilmadan ma’lumotlarni qayta tiklash imkoniyatisiz o’chirishingiz ya’ni qattiq diskdagi ular jismonan joylashgan joyga birlar va nollarning tasodifiy ketma-ketligini yozish orqali («butkul o’chirish») o’chirishingiz mumkin. Qattiq diskingizdagi fayllarni xavfsiz va butkul o’chirib tashlaydigan bepul BleachBit yordamchi dasturini o’rnatish va undan foydalanishni o’rganish uchun ushbu bosqichma-bosqich ko’rsatmalarga amal qiling.
Siz Internet orqali bo’lishgan ma’lumotlarni o’chirish ancha qiyin. Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar joylashtirganingizda, onlayn xizmatlarda ro’yxatdan o’tganingizda, messenjerlarda hujjat almashganingizda yoki fayl almashish xizmatlaridan foydalanib video fayllar yuborganingizda, kimlarda ushbu ma’lumotlarning nusxasi qolayotganini har doim ham kuzata olmasligingiz mumkin.

Yüklə 24,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin