Guruh talabasi O’rinboyeva Barchiniy Sitoembriologiya fanidan


GUNAFSHADOSHLAR (Violaceae)



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix08.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#129830
1   2   3   4
20.52.guruh.O\'rinboyeva Barchinoy.Sitoembriologiya fan- Yopiq urug\'li o\'simliklarning chagdon devori tuzilishi tiplari.

GUNAFSHADOSHLAR (Violaceae)
Gunafshadoshlar – ikki urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Tropik va 
subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 16 turkum va 850 tur 
kiradi. Gunafshadoshlar bir yillik va koʻp yillik oʻt, buta, chala 
buta va past boʻyli daraxtlar. Barglari, asosan, butun, navbat 
bilan joylashgan. Gullari bittadan yoki ikkitadan boʻlib, barg 
qoʻltigʻidan chiqadi, aktinomorf yoki zigomorf. Kosacha va 
tojbarglari 5 tadan, pastki tojbarglarining ostki qismi pixga 
aylangan, changchisi 5 ta, urugʻchisi 2 — 5 ta, tugunchasi ustki, 


20 
bir uyali. Oʻzbekistonda binafsha turkumiga mansub turlari 
oʻsadi. Ayrim turlari bahorda ochiladigan xushmanzara oʻsimlik 
sifatida ekiladi. 
Binafsha (Viola), turkumi 
Gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon 
oʻsimlik, ekiladigan gul. Gunafsha Shimoliy yarim sharning 
oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. 
Oʻzbekistonda 14 ta yovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta 
bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq 
safsar, oq, sariq, havorang , xushboʻy hidli. Gunafsha yer 
tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda 
ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini 
boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning 
guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu 
turi Qrimda koʻp ekiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
Xulosa: 
 
 
Gunafshadoshlar oilasiga kiruvchi Gunafsha turkimi (ikkinchi 
nomi binafsha) Yopiq urug'li o'simliklar bo'limining, bir 
urug'pallali o'simliklar sinfiga kiradi. Gunafsha turkumiga 
kiruvchi o'simliklar asosan ko'p yillik o'tsimon o'simliklar 
hisoblanadi. Yer yuzida 500 ga yaqin, O'zbekistonda 14 ta 
yovvoyi va 3 ta madaniy turini uchratish mumkin. Gunafsha 
o'sish uchun yer tanlamaydi, uni tog', salqin joylarda uchratish 
mumkin. Gunafsha urug'idan yoki ildiz poyasini bo'lib ekish 
orqali ko'paytiriladi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
O'. Pratov L. SHamshuvaliyeva, E. Sulaymonov, X. Axunov, K. 
Ibadov, V. Mahmudov - Botanika (Morfologiya, Anatomiya, 
Sistematika, Geobatanika.) 
Tursunboeva Gutbahor, Sukanovna, Komikva Shoini Rafiqovna 
Botanika asoslari (O'quv qo'llanma) 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin