Gurux talabasi ning “Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi Toshkent-2022 y



Yüklə 21,18 Kb.
tarix26.12.2022
ölçüsü21,18 Kb.
#121813
126792 25



O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti


Sirtqi bo‘lim *****yo`nalishi
**** -gurux talabasi *******************ning
Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi


Toshkent-2022 y.

Falsafa” fanidan sirtqi bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami. T., Nizomiy nomidagi TDPU – 2022 yil.


Ushbu sessiya oralig‘i vazifalari universitetning sirtqi bo‘lim


2-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: f.f.d. (PhD) U.Q.Mamayusupov
Taqrizchi: f.f.n. dos E.X.Rasulev
Ushbu sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami Universitet Ilmiy Kengashining 2022 yil № _ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari
Fan: Falsafa


Mavzular:


1. Falsafaning predmeti. Uning asosiy sohalari haqida umumiy ma`lumot (Ontologiya, antropologiya, metodologiya, aksiologiya).
2. Ong. Ijtimoiy ong. Gnoseologiya.
3. Falsafaning qonun va kategoriyalari.
4. Jamiyat falsafasi.
5 Etikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.
6. Estetikaning predmeti uning asosiy tushunchalari.
7. Mantiq fanining predmeti, asosiy mantiqiy shakllar va mantiqiy qonunlar uning asosiy tushunchalari.
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi:
sirtqi bo‘limlarida Falsafa faniga 24 soat, (ma’ruza-12 soat, seminar-12 soat) ajratilgan. Mazkur fanni hozirgi kun talab darajasida o‘qitish, talabalarning ilmiy-falsafiy dunyoqarashini shakllantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
sirtqi bo‘lim talabalarining falsafa fani bo‘yicha bilimlari kunduzgi bo‘lim talabalarining reyting ballariga tenglashtirilgan.
sirtqi bo‘limlarida ta’lim olayotgan talabalar bo‘lajak sessiyaga tayyorgarlik ko‘rar ekan, ular avvalambor adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, birinchi manbalar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni yakka tartibda mustaqil o‘qish ya’ni o‘z ustida tinimsiz qat’iyatlilik bilan ishlashi lozim.
sirtqi bo‘lim talabalari semestr boshida «Falsafa» fani bo‘yicha sessiya oralig‘i mobaynida topshirishlari zarur bo‘lgan 4 ta topshiriq oladilar va tavsiya etilgan adabiyotlar asosida mustaqil ravishda yozma tayyorgarlik ko‘rib boradilar. Variant asosida tuzilgan har bir topshiriqqa to‘g‘ri va to‘liq javob yozilishi, hamda javoblarda mantiqiy yaxlitlikka erishilmog‘i lozim.


Nazariy ma’lumotlar.
Ushbu qo‘llanmada talabalarga beriladigan topshiriqlar bir-birini takrorlamaydigan holatda alohida variantlarda tuzilgan bo‘lib, mustaqil ishlash uchun mavzu, reja va ularni yoritish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, ma’lum mavzu yuzasidan tayanch iboralar, keyslar, sinkveyn, svot tahlil, Venn diagramma nilufar guli , FSMU, insert kaba pedlagogik texnologiyalardan foydalangan xolda ma’lum mavzu yuzasidan talabaga mustaqil ravishda topshiriqlar, testlar tuzishga oid savollar berilgan.
“Falsafa” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ushbu sessiya oralig‘i vazifalari sirtdan o‘qiyotgan talabalarning yangicha falsafiy dunyoqarash hamda tafakkur tarzini shakllantirish, ijodiy, mustaqil, erkin fikrlash ko‘nikmalarini hosil etishda uslubiy qo‘llanma vazifasini bajaradi degan umiddamiz.
“Falsafa” fani bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Falsafa” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash va sinash, ularni kelgusi o‘qituvchilik faoliyatida kerak bo‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (o‘quv – me’yoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari to‘plamida o‘z aksini topgan.
Talabalar “Falsafa” fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi topshiriqlar bilan, adabiyotlar bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqishadi, ayrimlarini o‘zlari mustaqil bajarishni o‘rganishadi.
25 –VARIANT
1 – topshiriq.
Quyidagi mavzu asosida o‘z bilimingizni namoyon eting va glossariy tuzing: O‘rta asrlarda mantiq ilmining taraqqiyoti.
2- topshiriq.

  1. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringizni ban eting



  1. Topshiriq

  1. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari mavzusi bo‘yicha taqdimot tayyorlang.



  1. Topshiriq . Tushunchalar ustida bajariladigan mantiqiy amallarga 5 tadan misol yozing.

Yüklə 21,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin