Gurux talabasi Obidjonova Xolisxon shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari


Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə3/4
tarix08.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#131376
1   2   3   4
Xolisxon amaliy mashg\'ulot pedagogika

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish

  • D.Elkoninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotni davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Professor E.G’oziyevning “Psixologiya” (1994) kitobida bunday bo’linishlar xarakteristikasi batafsil keltirilgan.

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish

4-jadval. 1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi


yosh davrlari

erkaklarda

ayollarda

chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

emiziklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

bolalikning 1-davri

3-7 yosh

3-7 yosh

bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

o’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

o’spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

o’rta yetuklik davri:



birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

uzoq umr ko’ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq

Bolalik – ilk yoshlik davri

  • Ilk yoshlik davri bizning tilimizda “bolalik” deb ataladi. Bu davr bola taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki aynan shu davrda bola predmetlar va narsalar olami bilan bevosita tanishadi, o’z ona tilida gapirish malakalarini orttiradi va tengqurlar davrasini topadi. Bog’cha yoshigacha bo’lgan ilk bolalik davrining o’ziga xosligi shundaki, bu davrda bola hissiy olami boyiydi, u bevosita o’zini o’rab turgan yaqinlari muhitiga moslashadi, u yerdagi muloqot va muomala shakllaridan ta’sirlanadi. Bolaning tashqi olamni bilishga bo’lgan tabiiy ehtiyojlari ham ayni shu davrda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham hali yoshiga to’lmagan bolaga rang-barang o’yinchoqlar berilsa, o’zi yotgan beshikdagi rangli bezaklardan zavqlanadi.
  • Bu bola taraqqiyoti va olamni bilishga intilishi qoniqtirilayotganlidan darak beradi.
  • Bola 6 oylik bo’lgandan keyingi davrida endi o’z qullari bilan predmetlarni ushlaydigan, ularning “sirlari”ni o’rgana boshlaydi, o’zidagi hissiyotlarni va zavqlanayotganlarini “g’udurlashlari” va tovush ohanglarida ifodalaydi. Ushbu davrda boladagi ana shu elementar ehtiyojlarning qondirilishi, bunday tashqari, bu ehtiyoj sevimli onasi, buvilari, otasi, bo’lsa agar, akalari va opalari davrasida ro’y berishi yanada ahamiyatlidir.

O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xos xususiyatlari

  • O’smirlik va o’spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o’qish davrlariga to’g’ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib, unda bola bilim olish bilan bog’liq malaka va ko’nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o’zgarishlarni boshdan kechiradi.
  • O’smirlik davri 
  • Eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o’smirlik 11-13 yoshni, katta o’smirlik 14-15 yoshlarni o’z ichiga oladi. O’smirlik – organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo’lib, bu ham bola fe’lining o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin