Nima uchun uzual ma’no til birligi, okkazional ma’no esa nutq birligi sanaladi?
Okkazional ma’nolar qanday yuzaga keladi?
Okkazional ma’no uzual ma’noga aylanishi mumkinmi?
Birorta badiiy asar tilidan uzual va okkazional ma’nolarda qo'llangan leksemalarni toping.
Tayanch tushunchalar Uzual ma’no— leksemaning semantik tarkibida bor bo‘lgan leksik ma’no. Okkazional ma’no - leksemaning tildagi ma’nosiga xos bolmagan, ayrim shaxsning leksik qo‘llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi. Leksik qoilash— leksemaning okkazional (nutqiy) ma’noda qo’llanishi.
Leksik monosemiya (yunoncha: monos — «bir» + semia — «belgi») — leksemaning faqat bitta ma’noga ega boMishi. Masalan, o‘zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo'lgan qismi» ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo‘q. Monosemiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida bir ma ’nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko'proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o‘zlashtirilgan leksemalarning boshlang‘ich ishlatilish davriga xosdir: to'rtburchak (matem. termin), go'mmaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o’zlashtirilgan so‘z) va b.lar. Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalar vaqt o‘tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko‘p ma’noli so’zlarga aylanib qolishi mumkin. Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo'shiladi88. §. Leksik polisemiya