H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə104/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170
H jamolxonov

Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Leksik monoseniiya hodisasini qanday tushunasiz? Leksik poiisemiyani-ehi?

  2. Monoseniiya hodisasi qanday lug'aviy birliklarga xos?

  3. Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo'ladi?

  4. Ko'p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstra­lingvistik) omillar haqida ma’lumot bering.

  5. Ma’no taraqqiyotining qanday yo'llari bor?

  6. Metafora yo'li bilan ma’noning ko'chishi?

  7. Vazifadagi o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi?

  8. Metonimiya yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi?

  9. Sinekdoxa yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi?

  10. Leksik ma’no miqdorining ortishi?

  11. Leksik ma’no hajmining o'zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi?

  12. Leksik ma’no miqdorining o'zgarishida polisemiya va omonimiyaning yuzaga kelishi?

Tayanch tushunchalar

  1. Monosemiya — bir ma’nolilik hodisasi.

  2. Polisemiya — ko'p ma’nolilik hodisasi.

  3. Metafora yo‘li bilan ma’noning ko'chirilishi — predmetlar, hodisalar o'rtasidagi nisbiy o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi.

  4. Vazifadagi o'xshashlik asosida ma’noning ko'chirilishi — predmet- larning bajaradigan vazifasidagi o'xshashlik asosida ulardan birining nomini ikkinchisiga nisbatan qo'llash.

  5. Metonimiya yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi.— narsa-hodisalar o'rtasidagi aloqadorlik asosida ma’noning ko'chirilishi.

  6. Sinekdoxa yo'li bilan ma’noning ko'chirilishi — butunning nomi bilan qismning yoki, aksincha, qismning nomi bilan butunning atalishi orqali yuz beradigan ma’no ko'chirilishi.

LEKSIK MA’NO TIPLARI
Adabiyotlar: 11 [26—28], 19 [73-78], 26 [17-23], 27 [89-95], 32 [64—67], 35 |64-65], 83 [60—64],

  1. §. Leksik ma’nolarning guruhlanishi

So'zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga — hozirgi leksik ma’nolarga va awalgi leksik ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, awalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o'tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, awalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o'rganiladi.
161
11 ~ Hozirgi o'zbek adabiy tili

  1. §. Hozirgi leksik ma’nolar

Hozirgi leksik ma’nolar o‘z navbatida bosh ma’no va hosila ma’no kabi tiplarga bodinadi, ular kontekst talabiga ko‘ra to'g’ri ma ’no va ko'chma ma 'no, nominativ (nomlovchi) ma ’no va majoziy ma ’no, erkin ma 'no va bog'li ma’no (yoki bog'langan ma’no) nomlari bilan ham ataladi. Tildagi leksik polisemiya ana shu bosh va hosila ma’nolar tizimiga asoslanadi. Masalan, «0‘zbek tilining izohli lug‘ati»da [121, -136—138] bosh leksemasi­ning 15 ta leksik ma’nosi va yana bir necha ideomatik ma’nolari (frazemalar tarkibidagi qodlanishi) izohlangan: 1. Tananing bo‘yindan yuqori (odamda) yoki oldingi (hayvonlarda) qismi... 2. Ko'chma s.t. Aql-xush, miya.

  1. Boshliq, rahbar. Yaxshi yigit — davraning boshi... 4. Sft. Boshchilik, rahbarlik qiluvchi, eng katta yoki yuqori. Bosh vrach... 5. Sft. Eng muhim, asosiy. Bosh masala... 6. Sft. Eng oldingi, birinchi. Bosh kelin... 7. Ko'chma. Odam, kishi. Bir boshga biro'lim... 8. (Snq sonlar bilan) chorva hisobida har bir adad jonivor. O'n bosh ot. Ikki bosh qo'y... 9. Tik narsalarning tepa qismi, uchi, cho‘qqisi. Shamol bo'lmasa daraxtning boshi qimirlamaydi... va b.lar.


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin