H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə114/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170
H jamolxonov

179

  1. Omograflar — yozilishi bir xil, talaffuzi har xil boigan leksemalar: soya («quyosh nuri tushmaydigan salqin joy») — soya («dukkakli o'simlikning bir turi va uning doni»), roni (oyna o‘rnatilmagan deraza) - rom (spirtli ichimlikning bir turi) kabi.

Tilda urg‘usining o‘rni bilan farq qiladigan, ammo bir xil yoziladigan leksemalar hanrbor: atlas («material») — atlas («geogr. atlas»), fizik(«fizik hodisa») — fizik (fizika mutaxassisi) kabi. Bular urg‘u belgisisiz yozilganda omograflar sanaladi, urg‘u belgisi qo‘yilganda (atlas va atlas, fizik va fizik kabi grafik shakllarga kirganda) esa omograf bodmaydi. Biroq bunday holatlar tilshunoslikda maxsus nomga ega emas [27, -137; 112, -13].

  1. §. Omonimlar va omoformalarning uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi (paronomaziya)

Omonimlar va omoformalar til va nutqda o‘ziga xos uslubiy vositalar rolini bajaradi: misralarning qofiyalanishini, tuyuq va askiya janrlariga xos so‘z o‘yinini (tajnisni) ta’minlaydi, shu asosda badiiy asarga husn bagdsh- laydi. Masalan:
Bir parcha o‘t bodib bunda kun Paxtasini ishlaydi har kun.
(H.O)
Uyimda kunduzi vaqt erdi choq tush,
Yotib uyqumda ko‘rdim bir ajib tush.
Qo‘pol do‘q qildi bir mansabga mag‘rur,
Dedim: o‘pkangni bos, bir parda past tush.
(Hab.)
Yaxshilar insonning ko‘nglini bezar,
Yomonlar fe’lidan odamlar bezar,
Insonga oy olib bergandan ko‘ra,
Kishi ko‘nglini toddir, bekumush bezar.
(V.Sa’d.)
Tushma qallob to‘riga,
Odqizsa ham to‘riga.
Odam qovun emasdir Qarab bilsang to‘riga.
(Z.Sh.)

  1. Omonimiya nima?

  2. Lug’aviy omonimiyaning qanday turlari bor?

  3. Leksik omonimiyaning turlari haqida ma’lumot bering.

  4. Omonimlar va omoformalar (omonim omoleksemalar va omoforma omoleksemalar) qanday farqlanadi?

  5. Omonimlarning so’z turkumlariga munosabati haqida ma’lumot bering.

  6. Omonimlar qanday yuzaga kelgan?

  7. Omonimiya va polisemiya qanday farqlanadi?

  8. Omonimlarga yondosh boigan qanday hodisalar bor?

  9. Omonim va omoformalarning uslubiy vosita sifatidagi roli haqida aytib bering.


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin