Umumxalq lug‘aviy birliklar - ishlatilish doirasi chegaralanmagan so'z va iboralar. Dialektizmlar — qo'llanishi territoriyaga ko'ra chegaralangan til birliklari. Dialektizm-so‘z— shevaga xos so'z. Dialektizm-ma’no — so'zning shevadagi ma’nosi. Fonetik dialektizmlar— dialekt yoki shevaga xos fonetik birliklar tizimi. Leksik-fonetik dialektizm - adabiy tilda bor bo'lgan so'zning biror shevadagi fonetik tarkibi. Grammatik dialektizmlar- biror shevaning o'zigagina xos (adabiy tildagidan o'zgacha) grammatik shakllari. Kasb-hunar leksikasi — ijtimoiy mehnatning, ilm-fan yoki san’atning, ishlab chiqarishning u yoki bu turiga mansub maxsus tushunchalarning nomlari. Professionalizmlar— kasb-hunar leksikasining o'zi. Terminlar — professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyot yoki san’atga oid bir turi. Argotizmlar— yashirin ma’noli so'zlar. Jargonizmlar — yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o'zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo'rttirib baholash xususiyatiga ega so'zlar. Vulgarizmlar— haqorat ma’nosida qo'llanadigan so'zlar. 0‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI Adabiyotlar: 11 [67-73], 27 [151-164], 32 [106-114]. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo'lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o'rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi -jamiyatda bo'lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy- texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug'at boyligida yangi-yangi so'z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so'z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategöriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug'at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.