Arxaiklashish hodisasi tilning grammatik birlik'larida, xususan, affiksal morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda ham uchraydi. Masalan: fe’lning sifatdosh shakllari qadimgi turkiy tilda «-mish» va «-mbish» (Taqridd bolmush turk Bilgd qag`an. — «Tangridan bo'lgan turk Bilga xoqon»), «-duq» va «-dük», «-tuq» va «-tük» (barduqyerde — «borgan yerda», boltuqda — «bo‘lganda») morfemalari vositasida yasalgan95, hozir esa bu funksiyada, asosan, «-gan» affiksi qo'llanadi: (bo'lgan, borgan kabi), «-duq» va «-dük», «-tuq» va «-tük» morfemalari esa grammatik (affiksal) arxaizmga aylangan. Ba’zi morfemalar hozirgi tilda bor bo‘lsa-da, ularning talaffuzi eskirgan bo'ladi: «Yana bir Mahmud barlos edi. Navandokliq barloslardindur. Sulton Abusaid Mirzo qoshida ham bek edi. Sulton Abusaid Mirzog'a Iroq viloyati musaxxar bo'lg'onda Kirmonni Mahmud barlosg'a berib edi...» («.Boburnoma»dan). Bu gapda qo'llangan «-din», «-dur», «-g‘a», «-g‘on» morfemalari hozirgi «-dan», «-dir», «-ga», «-gan» morfemalari ning eskirgan talaffuz variantlaridir, bunday variantlar tilshunoslikda fonetik-grammatik arxaizmlar deb ham yuritiladi. §. Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari
Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari: Leksik arxaizm hozirgi paytda ntavjud bo'lgan narsa-hodisaning eskirgan nontidir. Istorizm esa o'tmish voqeligining nomi.
Voqelikning hozir mavjudligi uning eski nomi (leksik arxaizmi) o'rnida yangi nomi bo'lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi nom) — yonoq (arxaizm), lab (hozirgi nom) — dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi so'z) — yog'iy (arxaizm), qo‘shin (hozirgi so'z) — cherik (arxaizm) kabi. Bu hoi tilning lug'at boyligida sinonimik qatorlarni shakllantiradi.
Istorizmlar tomonidan nomlangan o'tmish voqeligi hozir yo'q, binobarin, ularning (istorizmlarning) hozirgi tilda sinonimlari ham bo‘lmaydi. Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so'zlar orasidagi uslubiy munosabatlar muhim rol o'ynaydi: birining faollashuvi ikkinchisining passivlashuviga, arxaiklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat bo'lmaydi: voqelikning yo'qolishi shu voqelik nomi bo'lgan so'zning (leksemaning) lug'atdan butunlay tushib qolishiga sabab bo'ladi.