H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə162/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170
H jamolxonov

Abushqa (XVI asr) — chig'atoycha-turkcha izohli lug'at. Muallifi noma’lum. Abushqa so'ziga izoh bilan boshlanganligi uchun, lug'at shu so'z bilan nomlana boshlangan. Bu so'z eski o'zbek tilida keksa, qari, nuroniy chol ma’nolariga ega bo'lgan. Lug'at Alisher Navoiy asarlari leksikasini izohlashga asoslangan, ammo unda Navoiy zamondoshlari asarlaridan ham misollar keltirilgan.
Abushqa 1862- yilda vengr sharqshunosi G.Vamberi tomonidan vengr tilida, keyin esa rus sharqshunosi V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan 1868-yilda nashr ettirilgan.
«Lug‘ati turki» — chig'atoycha-forscha lug'at. (Tuzuvchi — Fazlullaxon). Bu lug'at XVII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo'lib, 1825-yilda Kaikuttada nashr etilgan. Unda eski o'zbek tilining lug'ati va grammatikasiga oid ma’lumotlar bor102.
«Kelurnoma» — chig'atoycha-forscha lug‘at. (Tuzuvchi-Muhammad Yoqub Chingiy). U XVII asrning oxirida yozilgan. Lug'at 15 bobdan iborat, shundan 14 bobida o'zbek tili fe’llari alifbo tartibida berilgan; 15- bobi 9 qismdan tarkib topgan, har bir qism alohida mavzuga bag'ishlangao:

  1. qismda kosmografiyaga oid so'z va atamalar, 2- qismda geografiyaga oid so'zlar, 3- qismda hayvon nomlari, 4- qismda ovchi qushlar va uy parran- dalari nomlari, 5- qismda insonning ichki va tashqi a’zolari nomlari,

  1. qismda ota-ona, qarindosh nomlari, 7- qismda harbiy terminlar, 8- qism­da sonlar, 9- qismda esa grammatik shakllar berilgan.

Lug'atningqo'lyozma nusxalaridan biri O'zbekiston Fanlar akademiya- sining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, ikkinchisi London muzeyida saqlanadi103.
«Sanglah» — Mahdixon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniyning chig'atoycha-forscha lug'ati. U 1760-yilda yozib tugatilgan. Uning «Xulosai Abbosiy»deb nomlangan qisqartirilgan varianti ham bor. Lug'at 6 ta mabna (bob)dan tarkib topgan. Ularda fe’llar, fe’l qo'shimchalari, unlilar uyg'unlashuvi, kishilik va ko'rsatish olmoshlari, kelishik qo'shimchalari, so'roq olmoshlari, sifatlarning qiyosiy darajalari, so'z yasalish modellari, qo'shma fe’llar, frazeologizmlar, fonetikaga oid kuzatuvlar, imlo, turkiy va fors tillari o'rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot beriladi.
Lug'atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she’riy va 9 ta nasriy asari tiliga asoslangan, ammo unda Bobur, Fuzuliy, Husayin Mirza, Lutfiy, Sa’didin Safoyi, Rumiy, Ali Usmon asarlari tilidan foydalanilgan o'rinlar ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she’rlarini o'qishga juda qiziqqanligini, shu bois buyuk so'z sultoni Alisher Navoiy asarlari tilini tushunib olishga yordam beradigan kitob yozishni maqsad qilganini aytadi.
«Sanglah»ning bir necha qoiyozmalari bizgacha yetib kelgan, ular Londondagi Britaniya muzeyida, Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida va Kalkuttadagi kutubxonada saqlanadi104.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin