Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq tovushlarining fizik-akustik va artikulatsion jihatlari maxsus asboblar (pnevmograf, ossilograf, fonograf, spektrografva boshqalar) yordamida tadqiq qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, tembri, spektri, cho'ziqlik darajasi), ularning artikulatsiyasi (hosil boiish o‘rni, usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi.
0‘zbek tilshunosligida eksperimental fonetikaning rivojlantirilishida Ahmadjon Mahmudov va Sora Otamirzayeva kabi fonetistlarning xizmati katta. Bu tilshunoslarning qator ishlarida o‘zbek tili fonetik tizimining tovushlari, urg‘u, bo‘g‘in kabi birliklari ayni shu usulda tadqiq qilingan: «Unlilar» (A.Mahmudov, 1992), «CorjiacHbie y3ÖeKCKoro JiHTepaTypHoro H3biKa» (A.Mahmudov, 1986), «CoHopHbie y3öeKCKoro H3biKa» (A.Mahmudov, 1980), «CnoBecHoe yaapeHHe b y3ÖeKCKOM H3biKe» (A.Mahmudov, 1960), «3ByKOBOH cocTaB HaMaHraHCKoro roBopa y36eKCKoro a3biKa. OKcnepHMeHTa^bHoe Mcc^eaoBaHne», AKH, (S.Atamirzayeva, 1963), «3KcnepuMCHT£WbHO-(fioHeTHqecKoe HccJiettoBaHne HaMaHraHCKoro roBopa y3öeKCKoro n3biKa» (S.Atamirzayeva, 1974), «AKyCTMKO-apTMKyjlHUHOHHbIH aHajlH3 y3ÖeKCKOH peHH npHMeHHTejIbHO k aynnoMeTpHM» (S.Atamirzayeva b coaBTopcTBe, 1979) kabi ishlar fikrimizning dalili.
Fonetikaning obyekti?
Fonetikaning maqsadi?
Fonetik birliklarga nimalar kiradi?
Segment va supersegment birliklar qanday farqlanadi?
Fonetik birliklarning shakllantiruvchi va tanituvchi vazifalarini qanday tushunasiz?
Fonetik so'z nima?
Fonetikaning qanday turlari bor?
Umumiy fonetika nimani o'rganadi? Xususiy fonetika-chi?
Tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) fonetikalarning farqi nimada? Bu sohalarda ishlagan va ishlayotgan tilshunoslardan kimlarni bilasiz?
Qiyosiy va eksperimental fonetikalardä nimalar tadqiq qilinadi? Bu sohaga oid ishlardan qaysilarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |