Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i - traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari va bir qancha tog‘aylar mavjud. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbayi hisoblanadi (un paychalari tebranishidan ovoz hosil bo'ladi).
Halqum — bo‘g‘izdan yuqoriroqdagi bo‘shliq. U rezonatorlik vazifasini bajaradi.
Og‘iz bo‘sh!ig‘i — til, kichik til, tishlar, lablar,lunjlar, qattiq va yumshoq tanglaylar, til osti muskullaridan iborat apparat. U shovqin va qo‘shimcha tonlar manbayi sanaladi.
Burun bo‘shlig‘i— qo‘shimcha ton manbayi.
Nutq a’zolarining fiziologiyasi - nutq a’zolarining hayotiy kechimlari, muhit bilan munosabatlari.
Brok markazi — bosh miya qobig'idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi.
Eshituv markazi— bosh miya qobig‘i tizimiga kiruvchi nerv hujayralarining yana bir turi. U eshitish a’zolaridan keladigan ta’sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi.
Artikulatsiya — nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
Artikulatsiya bazasi — til egalarida shu tilga xos artikulatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik ko‘nikmalar.
Ekskursiya— artikulatsiyaning birinchi bosqichi.
0‘rta holat (ish holati) - artikulatsiyaning ikkinchi bosqichi.
Rekursiya — artikulatsiyaning uchinchi bosqichi (talafïuzning qaytishi).
Perseptiv aspekt — fonetikaning eshitish va his etish bilan bog‘liq jarayonlami o‘rganuvchi aspekti.