Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida o‘zaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, «p» (jarangsiz) va «b» (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) — b (lab-lab), p (portlovchi) - b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonema- larga xos bo‘lgan uchta fonologik belgidan - artikulatsiya o‘rni, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (so'nggisi) p-b oppozitsiyasiga asos boMgan. Shuning uchun u «birlik oppozitsiya» sanaladi [1, -21], Prof. A. Abduazizovning ta’kidlashicha hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor [1, -21—23]: Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi va to‘siqning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra: a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + + (v-1) + (v-r); b) labial-til o‘rta undoshlari oppozitsiyasi:(f-y) + (v-y); d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k) + (b-g) + (f-x) + + (v-g‘); e) labial- bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h) + (v-h); d) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n- ng); f) til oldi- bo‘g‘iz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h) + (z-h) + (sh-h) + (j-h) + (ch-h) + (dj-h); Bunda ch-h va dj-h zidlanishlari «ikkilik oppozitsiya bo‘ladi», chunki ularda «til oldi-bo‘g‘iz undoshi» belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) - h (sirg‘a- luvchi), dj (qorishiq portlovchi) — h (sirg‘aluvchi) kabi.