H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə37/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   170
H jamolxonov

Uchinchi asos oppozitsiya a’zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a’zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko‘ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi:

  1. Doimiy oppozitsiyalar. Bunday oppozitsiya a’zolari barcha pozitsiyalarda o‘z farqlanish belgilarini yo‘qotmaydi. 0‘zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta- taxta (so‘z boshida, unlidan oldin), opa-ota (intervokal holatda), topmoq- totmoq (so‘z o‘rtasida, sonordan oldin), ip-it (so'z oxirida); sim-shim (so'z boshida, unlidan oldin), asir-ashir (intervokal holatda), osmoq-oshmoq (so'z o'rtasida,sonordan oldin), tus-tush (so'z oxirida) kabi. Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har ikkala a’zosi jarangsiz bo'lganda ko'proq uchraydi.

Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda «konstant oppozitsiya» deb ham nomlanadi15.

  1. Neytrallashuvchi (mo‘tadillashuvchi) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari kuchli pozitsiyada (mas., undoshlar so‘zning boshida, ikki unli orasida yoki unlidan oldin qo‘llanganda) o‘zlarining farqlanish belgilarini yo'qotmaydi: bol va pol (b-p), dor va tor (d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (mas., so‘z oxirida) esa ular neytrallashadi: «tub»dagi «b» undoshi jarangsiz «p»tarzida (tub > tup kabi), «qad»dagi «d» esa jarangsiz «t» tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi, natijada, «b-p» va «d-t»ga xos «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi yo‘qolib, shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar - «b-p»dagi «lab-lab, portlovchi»lik, «d-t»dagi «til oldi-dental, portlovchi»lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o‘zaro zidlanishda bo‘lgan ikkala fonemaning bir umumiy vakili — varianti sanaladi, fonemalarning o‘zi esa variantga nisbatan arxifonema bo‘ladi: b//p arxifonemasining varianti P (tub va tup so‘zlarida), d//t arxifonemasining varianti T (qadva gatso'zlarida), z//s arxifonema- sining varianti S (tuz va tus so‘zlarida) bo‘lgani kabi.

Kuchsiz pozitsiyada neytrallashgan fonemalarning fonetik tabiati farqlanmasa ham, ularning oppozitsiyadagi fonologik qiymati saqlanadi. Bu hoi fonemaning sof fonetik jihati emas, lingvistik-funksional mohiyati til uchun yetakchi omil ekanligidan dalolat beradi.
Xulosa: a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan mustaqil birliklardir: ular so‘z va morfemalarning tovush qobig1 ini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu so‘z yoki morfemalarning ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bolib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‘yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalar- dagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi;

  1. korrelatsiyalar o‘z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni- fonologik sistemani hosil qiladi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog‘onasi (yadrosi), korrelatsiya esa uning yuqori pog‘onasi bo‘ladi.

Eslatma: tilning fonologik tizimida korrelatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz
Abu Ali ibn Sino bo‘lgan. U o'zining fonetikaga doir bir risolasida «dol» «to» ga qanday munosabatda boisa, «zod» «sin» ga shunday munosabatda bo‘ladi»,— degan edi. Qiyos qiling: «dol» (jarangli «d») — «to» (jarangsiz «t»), «zod» (jarangli «z») — «sin» (jarangsiz «s»). Bunda jarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s oppozitsiyalari bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz16.
0‘zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bo‘lgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyati Z.M. Boburning «Boburnoma»- sida ham qayd etilgan.Unda shunday deyilgan: «So‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, yana g‘ayn va qof va kof bir- birlari bila mubaddal boiurlar emish»17. t
Izoh: mubaddal — «almashingan», iqtizo — «taqozo», «talab», «istak», «ehtiyoj», mahol— «imkonsiz».


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin