Ottenka, variant va variatsiya tushunchalari o'rtasidagi munosa- batlar. Tilshunoslikda ottenkava variatsiyaatamalari bir tushunchani — fonemaning nutqdagi real ko'rinishlarini ifodalaydi. Ulardan biri (ottenka atamasi) S.-Peterburg fonologiya maktabiga, ikkinchisi (variatsiyaatamasi)
Moskva fonologiya maktabiga ko'proq xosun. iviasaian, «d» nmg ouam va ozodso‘zlaridagi ikki xil ko‘rinishi (jarangli «d» va jarangsiz «t») bir fonemaning ikkita ottenkasi (S.-Peterburg) yoki ikkita variatsiyasi (Moskva) hisoblanadi.
Variantatamasi tilshunoslikda ikki xil ma’noda qo‘llanmoqda: Moskva maktabi vakillari ishlarida variantbir fonemaning ikki xil pozitsiyadagi ikki xil ko‘rinishi emas, balki ikkita fonemaning kuchsiz pozitsiyada mo`tadillashuvidan (neytralizatsiyalanishidan) yuzaga kelgan bir xil ko‘rinishidir: prudva prut(talaffuzda: prutva prut)kabi. Bunda «d» va «t» ning so‘z oxirida neytrallashuvi sodir bo‘lgan, natijada bu ikki fonema bitta «t» ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Bu ko‘rinish variantdeb nomlangan, u «d» va «t» fonemalariga aloqador bo‘lganligi uchun «d» va «t»laming ikkalasi giperfonema («fonemalar guruhi») deb nomlanadi18. Bu nazariyaga ko‘ra, o‘zbek tilidagi savodva savat(talaffuzda savotva savat)so‘zlari oxiridagi «d» va «t»lar ham giperfonema, ularning talaffuzdagi neytrallashgan «t» ko'rinishi esa varianthisoblanadi.
Praga tilshunoslik maktabi vakillari ishlarida variantatamasi ko'proq ottenka (bir fonemaning ikki xil ko'rinishi) ma’nosida qo'llaniladi. O'zbek tilshunosligida ham bu atama ko'proq shu ma’noda ishlatilib kelinmoqda19.