H jamolxonov


§. Unli fonemalar tasnifi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə41/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170
H jamolxonov

§. Unli fonemalar tasnifi

0‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi:

  1. Lablarning ishtirokiga ko‘ra: a) lablashgan unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz cho‘ziladi;

  1. lablashmagan unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi.

  1. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor boladi; b) o‘rta keng unlilar (e, o‘). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o‘rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o'rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) bo'ladi; d) quyi keng unlilar (a, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz keng ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo'ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko‘tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi.

  2. Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiralmaydi (demak, biroz orqaga tortilgan boiadi).

23 Sonantlaming bo'g'in hosil qilishi haqida qarang: MaxMynoB A. CoHopubie y36eKCKoro fHbiKa. — T.: «aH», 1980, c. 5, 34.
Tasnifning birinchi va ikkinchi moddalaridagi beigilar (lablanish- lablanmaslik, tilning yuqori, o'rta va quyi ko'tarilishiga asoslangan alomätlar) fonemalarning fonologik xususiyatlarini ifodalaydi. Uchinchi moddadagi belgi (yotiq harakatdagi alomatlar) esa o'zicha fonologik rol o‘ynamaydi. chunki tovnshlaming old qator yoki orqa qator bo'lishi lablarning ishtirokiga va turli kombinator omillar ta’siriga bog'liq: lablanmaslik tilning tish tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, old qator (i, e, a,) va orqa qator (u, o', o) unlilarining fonologik xususiyati lablar ishtirokisiz namoyon bo'lmaydi [1, -47; 20, -15]2<’.
Tasnifning bu turi quyidagi jadval shaklida berilishi mumkin:

Ne

Tilning vertikal (tik) harakatiga ko'ra

Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga va lablarning ishtirokiga ko'ra







Old qator, lablanmagan

Orqa qator. lablangan

1

Yuqori tor unlilar

I

U

2

O'rta keng unlilar

E

O'

3

Ouyi keng unlilar

A

0

O'zbek tilshunosligida unli fonemalarning boshqacharoq tasniflari ham bor. Chunonchi, «0‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (B. To'ychiboyev) nomli qo'llanmada vokalizm tizimining qadimgi turkiy, eski o'zbek va hozirgi o'zbek adabiy tillaridagi holatlari diaxron (tarixiy) planda o'rganilib, hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida ham, eski o'zbek adabiy tilida bo'lganidek, 9 ta unli bor, degan xulosa berilad.i [29, -25]. Bu unlilarning sifat belgilari ham boshqacharoq baholanadi. Qo'llanmada keltirilgan quyidagi jadvalga e’tiborbering.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin