H jamolxonov


Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə42/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   170
H jamolxonov

Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar tizimi

Lablarning ishtirokiga ko'ra

Lablanmagan

Lablangan

Tilning tik harakatiga ko'ra

Tilning to'g'ri yo'nalishiga ko'ra

Til oldi

Til orqa

Til oldi

Til orqa

Tor




i

bl

ii

u

O'rta keng




e




ø

0

Keng




a




a




:<Ycma qarang: MaxMyaoB A. TjiacHbie yrbeKCKoro jiuTcparvpuoro HJbixa. - T.: «ct>an», 1968, c. 33.
Yuqoridagi jadvaldan quyidagilar ma’lum boiadi: a) hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning kontrast juftlari mavjud: i-bi, ü-u, e-o, e-a kabi; b) lablanmagan unlilar 3 ta emas, 4 ta (i, e, e, bi); d) lablanganlar esa 5 ta (ü, u, e, o, a);
Professor O. Azizov hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmini quyidagicha tasnif qiladi [4, -20-21]:

  1. Tilning ko ‘tarilishi va uning tanglay tomon yaqinlashuviga ko ‘ra:

  1. til oldi (oldingi qator) unlilari — i (b), e;

  2. til orqa (orqa qator) unlilari — bi (b), a,"u, o;

  1. Lablarning holati va ishtirokiga ko‘ra:

  1. lablangan — u, ü, o, e;

  2. lablanmagan — e (ä), a, o (ä), i (b), bi.

  1. Tilning ko‘tarilishi va og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra:

  1. tor unlilar — i, bi, u, ü.

  2. o'rta keng unlilar — e, o, ö.

  1. keng unlilar — e (ä), a, o (ä).

Yuqoridagi tasnifni xulosalab, muallif shunday deydi: «Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida oltita unli fonema bo'lib, ularni belgilariga ko'ra jadvalda shunday ko'rsatish mumkin [4, -21]:

Tilning ko'tarilish o'rniga ko'ra

Til oldi (oldingi ) qator

Til orqa qator

Labning holati va ishtirokiga-ko'ra

Lablanma-
ganlar

Lablan­
ganlar

Lablanma-
ganlar

Lablan­
ganlar

Tilning ko'tarilish va og'izning ochilish darajasiga ko'ra













Tor unlilar

i

ii

bi

u

O'rta keng unlilar

e

ö

-

0

Keng unlilar

a (ä)

-

a, o (ä)

-

Risoladan keltirilgan bu ma’lumotlami (tasnif va jadvalni) quyidagicha sharhlash mumkin: o'zbek adabiy tili vokalizmi 6 unlidan iborat, ammo ularning nutqdagi real ko'rinishlari (demak, ottenkalari) ancha ko'p. «Ularni belgilariga ko'ra jadvalda shunday ko'rsatish mumkin» deyilganda ayni shu ottenkalar nazarda tutilgan bo'Isa kerak.
Professor M. Mirtojiyevning «0‘zbek tili fonetikasi» o'quv qo'llan- masida ham bu masala o'zgacha yoritilgan. Unda tor unlilarga i, b, i, u, bi, u, ü, o'rta keng unlilarga 3, e, o, o, keng unlilarga esa e, ä, ä, o 54 tovushlari kiritilgan. Tilning yonlama harakatiga ko'ra ular old qator (i, n, ü, e, e, a) va orqa qator (b, bi, u, o, a) tiplarga, lab ishtirokiga ko‘ra esa lablangan (ü, u, e, o) va lablanmagan (i, n, e, a) tiplarga bo‘lingan. Bu tasnifda ruscha o‘zlashmalarda qo‘llanadigan i, bi fonemalarining o‘zbek tili vokalizmi tarkibida berilganini ko‘ramiz [16, -16—20].
Shunday qilib, o‘zbek adabiy tili vokalizmining tasnifi va tavsifi masalalari hozircha ancha munozarali bo‘lib qolayotganligini anglash qiyin emas. Bunday munozaralarga sabab bo'layotgan omillar qatorida quyidagilar bor: 1) eski o'zbek adabiy tili vokalizmiga xos 9 unlili tizimning hamda shu tizimga xos kontrast juftliklarning (i-bi, ü-u, a-a, e-o kabi oppozitsiyalarning) hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida ham saqlanganligini asoslashga intilish; 2) qipchoq lahjasi shevalari vokalizmiga xos fonologik xususiyatlarning hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida borligini asoslash harakati; 3) fonemalar o'rnida ularning ottenkalarini (allofonlari, variatsiyalarini) ko'rsatish holatlarining mavjudligi; 4) quyi keng «o» fonemasining lablanish-lablanmaslik belgisiga berilayotgan tavsiflarning har xilligi va boshqalar21.

  1. §. Ayrim unlilar tavsifi

«i» fonemasi yuqori tor, old qator, lablanmagan unli. Bu fonema so'zning barcha bo'g'inlarida uchraydi; ichki (birinchi va oxirgi bo'g'inlarda), tirikchilik (birinchi, ikkinchi, uchinchi va oxirgi bo'g'inlarda) kabi. U chuqurtil orqa q,g‘,x undoshlari bilan yonma-yon kelganda yo'g'on (orqa qator) unli tarzida, boshqa barcha pozitsiyalarda esa ingichka (old qator) unli sifatida talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: kïr va qir, tarkib va targ‘ib, himmat va xilvat kabi. Urg'usiz bo'g'inda kuchsizlanadi: biroq, bilan (bhroq, bhlan) kabi. So'zning oxiridagi ochiq bo'g'inda biroz kengayadi; bordi > borde, ketdi > kette kabi;
«e» fonemasi — o'rta keng, old qator, lablanmagan unli. Bu fonema bir bo'g'inli so'zlarda {men, sen, besh kabi), ko'p bo'g'inli so'zlarning birinchi bo'g'inida {beshik, etik, telpak kabi) ko'proq qo'llanadi.
Tobe, tole, voqe, foye, telefon, televizor kabi o'zlashma so'zlarda qo'llangan «e» unlisi etimologik jihatdan o'zbekcha «e» ning o'zi emas.
O'zbekcha «e» ekin, eshik so‘zlarining boshidagi to‘la ochiq bo‘g‘inda, shuningdek, ertak, ellik kabi so‘zlar boshidagi berkitilmagan bo‘g‘inda ochiqroq talaffuz etiladi, begzod, mergan kabi so'zlar boshidagi to‘la yopiq bo‘g‘inda yumuqroq bo'ladi; xesh, xesh-aqrabo kabi so'zlarda (chuqur til orqa x undoshi bilan yonma-yon kelganda) esa orqa qator, yo‘g‘on unli tarzida aytiladi;
«a» fonemasi - quyi keng, old qator, lablanmagan unli. So'zning barcha bo'g'inlarida kela oladi: anor (birinchi bo'g'inda), telpak (ikkinchi, oxirgi bo'g'inda), nafaqa (so'zning uchala bo'g'inida) kabi. Bu fonema ham, boshqa unlilarda bo'lganidek, chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan yonma-yon qo'llanganda orqa qator, yo'g'on unli tarzida talaffuz qilinadi, sayoz til orqa k, g, ng, til o'rta y va faringal h undoshlari bilan yondosh bo'lganda esa ingichka ottenka bilan aytiladi. Qiyos qiling: kasal va qasam, kamar va qamar, taka va taqa, mahal va shag‘al, so‘gal va nag‘al, nasihat va tibcat, dangal va dag‘al kabi;
«u» fonemasi — yuqori tor, orqa qator, lablashgan unli. So'zning barcha bo'g'inlarida qo'llanadi: uka (birinchi bo'g'inda), uzum (birinchi, ikkinchi bo'g'inlarda), ko‘zgu (oxirgi ochiq bo'g'inda) kabi. Urg'uli bo'g'inda kuchli, biroz cho'ziq; urg'usiz bo'g'inda esa qisqa, kuchsiz talaffuz qüinadi. Qiyos qiling: butun, uchun, tuzuk (birinchi bo'g'inlar — urg'usiz, oxirgi bo'g'inlar — urg'uli) kabi. Bu unli ham q, g‘, x bilan yondosh qo'llanganda yo'g'onlashadi (orqa qator ottenkaga aylanadi), k, g, ng, y, h undoshlari bilan yonma-yon kelganda esa old qator, ingichka ottenka tarzida aytiladi. Qiyos qiling: kul va qul, tugun va turg‘un, ko‘zgu va qayg‘u, buyuk va urug‘, hukm va xulq, guv va g‘uv, mangu va urg%kabi;
«o‘» fonemasi — o'rta keng, orqa qator, lablashgan unli. Sodda so'zning * birinchi bo'g'inida qo'llanadi: o ‘n, bo ‘r (bir bo'g'inli so'zlar), o ‘tin, to ‘Iqin (ikki bo'g'inli sodda so'zlar) kabi. Birinchi bo'g'indan keyin qo'llanish holatlari ayrimqo'shma so'zlarda (gultojixo‘roz, Go‘ro‘g‘likabi) yoki tojikcha o'zlashmalarda (obro 'so`zida) uchraydi. Bu unli ham k, g, h, y undoshlari yonida ingichkalashadi (old qator ottenka bilan qo'llanadi), q, g‘, x undoshlari yonida esa yo'g'on talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: ko 7 va qo ‘I, go 7 va g‘o ‘r, ho 7 va xo ‘r («xo‘r bo‘lmoq»), yo 7 va xo ‘sh kabi;
«o» fonemasi - quyi keng, orqa qator, kuchsiz lablashgan unli. Bu fonema ham so'zning barcha bo'g'inlarida uchraydi: ota (birinchi bo'g'inda), bahodir (ikkinchi bo'g'inda), baho (oxirgi bo'g'inda), bobo (har ikkala bo'g'inda) kabi; k, g, y, h undoshlari yonida ingichka (old qator unli tarzida), q, g‘, x undoshlari yonida esa yo'g'on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: komil va qobil, gov va g‘ov, yosh va qosh, hoi va xol kabi.

  1. Vokalizm nima?

  2. 0‘zbek adabiy tili vokalizmi qaysi fonemalarni o‘z ichiga oladi?

  3. Unli fonemalar undoshlardan qanday farqlanadi?

  4. Unli fonemalar tasnifi nimalarga asoslanadi?

  5. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilarning turlari?

  6. Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra unlilarning turlari?

  7. Tilning gorizontal harakatiga ko'ra unlilarning turlari?

  8. Tasnifga asos bo'lgan qaysi belgilar fonologik xarakterda?

  9. Qaysi belgi o'z holicha fonologik xususiyatga ega emas?

  10. O'zbek tilshunosligida hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmiga oid qanday masalalar munozarali bo'lib qolmoqda?

  11. Unli fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari qanday farqlanadi? Ularning har biri alohida fonema deb qaraladimi?


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin