H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə43/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170
H jamolxonov

Tayanch tushunchalar
Vokalizm — unli fonemalar tizimi.
Fokus - talaffuzda aktiv va passiv nutq a’zolari orasida hosil qilingan to'siq. O'pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg'alib o'tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo'ladi.
Bo‘g‘in cho‘qqisi — bo'g'in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo'g'in cho'qqisi sanaladi.
Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol ishtiroki.
Tilning vertikal (tik) harakati — tilning uch darajali ko'tarilishida yuzaga keladigan belgilar.
Tilning gorizontal.(yotiq) harakati - fonemalar artikulatsiyasida tilning pastki tishlar tomon cho'zilishi yoki orqaga tortilishi.
HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILI KONSONANTIZMI
Adabiyotlar: 1 [19-26], 4 [22-24], 10 [53-59], 16 [23-34], 20 [17- 27], 22 [47-51], 27 [21-25],

  1. §. Konsonantizm

Konsonantizm hozirgi o'zbek adabiy tili undosh fonemalari tizimidir. Bu tizim 24 fonemani - b, v, g, d, j, j (dj), z, y, k, 1, m, n, q, p, r, s, t, f,
57

x, ch, sh, q, g\ h tovushlarini o'z ichiga oladi22. Biroq manbalarda o'zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham mavjud: 22 ta (S. Otamirzayeva, Y.D. Polivanov)23, 23 ta (A.K. Borovkov, l.A. Kissen)24, 25 ta (A.N. Kononov, V.V. Reshetov, A. Abduazizov)25. Demak, hozirgi o'zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo'q.
Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og'iz bo'shlig'idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir- biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo'lgan to'siqdan havo oqimining portlab yoki sirg'alib (a’zolarga ishqalanib) o'tishidan paydo bo'ladi. Bunday to'siq fonologiyäda fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo'lishi shart.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin