Bunda o'zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik jihatlar — artikulatsiya o'rni (tovushning fokusi), artikulatsiya usuli va jarangli- jarangsizlik belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizik-akustik va anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi. Bunday tasnif quyidagi tartibda berilishi mumkin: Artikulatsiya o‘rniga ko‘ra.Bunda nutq apparatining qaysi a’zosi faol ishtirok etayotganligi va apparatning qayerida to'siq (fokus) hosil qilinishi nazarda tutiladi. Bu jihatdan tovushlar labial, til va bo'g'iz undoshlariga bo'linadi: Labial undoshlar — ikki lab orasida yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasida hosil qilinadigan tovushlar. Ular ikki turga bo'linadi: a) lab- lab (bilabial) undoshlar — p, b, m, v; b) lab-tish undoshi — f.
Izoh: lab-lab «v» undoshi ov, suv, qovun, sovuq kabi turkiy so‘zlarda ko‘proq ishlatiladi. Bu tovushning lab-tish «v» dan o‘sib chiqqanligi, lab- tish «v» ning esa b, g‘, g undoshlarida sodir bo‘lgan o‘zgarish asosida shakllanganligi haqida mä’lumotlar bor [29, -51; 18, -63—64]26. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi lab-tish «v» yuqorida keltirilgan turkiy «v» ning o‘zi emas, u etimologik jihatdan boshqa til birligidir, chunki bu tovush o‘zbek tiliga arab va rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qoilanadi; vatan (arab.), vaqt (arab.) va ’da (arab.), vagon (rus.), aviatsiya (rus.) kabi. Shunga ko‘ra lab- tish «v» ni lab-lab «v» ning fakultativ varianti deb qarash to'g'riroq bo‘ladi. Til undoshlari — tilning faol ishtirokida hosil bo‘ladigan undosh fonemalar. Ular tovush fokusi qayerda hosil bo'lishiga ko‘ra quyidagi turlaiga ajratiladi: 1) til oldi undoshlari: a) til oldi-apikal (alveolar) undoshlari — t, d, s, z, 1, n. Bu undoshlar artikulatsiyasida tilning uchi yuqori milkka yaqinlashadi (s, z) yoki unga taqalib, to‘siq hosil qiladi (t, d, 1, n); b) til oldi-tanglay (kakuminal) undoshlar - sh, j, ch, j (dj), r. Bu undoshlar artikulatsiyasida tilning uchi yuqoriga ko‘tarilib, biroz bukiladi, natijada to‘siq milkda emas, qattiq tanglayning old qismida (milkka yetmay) paydo boiadi. Sh, j, ch, j (dj) undoshlari artikulatsiyasida ikkinchi fokus-tilning orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida yuzaga keladigan to‘siq ham ishtirok etadi, shunga ko‘ra sh, j, ch, j (dj) undoshlari ikki fokusli fonemalar sanaladi; 2) til o‘rta undoshi (palatal undosh) — y. Bu undosh talaffuzida tilning o‘rta qismi qattiq tanglay tomon ko‘tariladi, fokus shu ikki a’zo oraiig‘ida shakllanadi; 3) sayoz til orqa undoshlari — k, g, q. Bu undoshlarning talaffuzida tilning orqa qismi yumshoq tanglayga tegib, to‘siq (fokus) hosil qiladi; 4) chuqur til orqa undoshlari — q, g‘, x. Bu undoshlarning talaffuzida tilning eng orqa qismi (ildizi) kichik tilga tegib, to‘siq (fokus) hosil qiladi, shunga ko‘ra ular uvular undoshlar deb ham ataladi [1, -64],
Bo‘g‘iz undoshi (faringal undosh) — h. Bu undoshning talaffuzida havo oqimi bo‘g‘iz va halqumdan ishqalanib o‘tadi.