Tekshirish savollari Lotin o‘zbek yozuvining fonografik xarakterini qanday tushunasiz?
Harfiy va noharfiy belgilar tizimiga nimalar kiradi?
Grafema nima?
Nima uchun grafemalar bilateral hodisa sanaladi?
Grafemaning ifoda va mazmun planlarini (ifodalovchi va ifodalanuv- chilarini) nimalar tashkil etadi?
Grafemaning qanday tiplari bor?
Fonografema, prosodemografema, logografema, morfografemalar va simvojlar qanday farqlanadi?
Monograf, digraf va trigraflar nima?
Monofonemali va polifonemali grafemalar qanday farqlanadi?
Analitik grafemalarni qanday tushunasiz?
Orfografik va diakritik belgilar yozuvda qanday vazifalarni bajaradi?
Tayanch tushunchalar Grafika — yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi. Grafema — grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik belgi. Fonografema -*■ grafemalarning fonemalarni ifödalashga asoslangan tipi.