H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə75/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170
H jamolxonov

§. Imlo qoidalari

Hozir 0‘zbekistonda amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlaridan foydalanilmoqda. Demak, shu ikki yozuvning imlo qoidalaridan xabardor bo‘lish zamon talabidir.

  1. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan51 va shu yilning o‘zida «Birlashgan o‘zbek alfaviti va orfografiyasi» nomli to‘plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952-, 1953-,1955- yillarda «0‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida 0‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o'zbek yozuvining imlosi ana shu «... qoidalar»ga asoslangan. U quyidagi 5 boiimni o‘z ichiga oladi:

  1. Ayrim harflarning imlosi (1—30- § qoidalari).

  2. 0‘zak-negiz va qo'shimchalar imlosi (31—55- § qoidalari).

  3. Qo'shma so'z va so'z birikmalari imlosi (56-58- § qoidalari).

  4. Bo'g'in ko'chirilishi (59—62- § qoidalari).

  5. Bosh harflarning yozilishi (63-72- § qoidalari).

  1. Yangi (lotincha) o'zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24- avgustida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o'zida «0‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo'limni o'z ichiga oladi:

  1. Harflar imlosi:

Unlilar imlosi (1-7- qoidalar).
Undoshlar imlosi (8—32- qoidalar).

  1. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37- qoidalar).

  2. Qo‘shib yozish (38—50- qoidalar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51—56- qoidalar).

  4. Ajratib yozish (57—65- qoidalar).

  5. Bosh harflar imlosi (66—74- qoidalar).

  6. Ko‘chirish qoidalari (75—82-qoidalar).

  1. §. Amaldägi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar

Amaldagi «...qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «...qoidalar» ga kiritilmagan. Masalan: 2- paragraf (3- moddasi); 6- paragraf (2 va 3-mod- dalari); 8-paragraf (1-moddasi); 9- paragraf («e» harfi), 10-paragraf («io» harfi), 11- paragraf («n» haifi), 12- paragraf (2-moddasi), 13- paragraf (b > 6 kabi holatlar), 21- paragraf, 22- paragraf (2-moddasi), 26- paragraf (1- moddasi), 27- paragraf, 28- paragraf, 31-paragraf, 40- paragraf,

  1. paragraf, 48- paragraf, 49- paragraf, 50- paragraf (2- moddasidagi «y/ro» ga aloqador qism), 52- paragraf, 58-paragrafva boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to‘plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: «e» harfining yangi yozuvda faqat «e» unlisini ifodalashi («y»+«e»ni emas), e, io, a harflarining yangi alifboda yo‘qligi, ayrim qoidalarning o‘zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasi- dandir.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin