Orfografiya prinsiplari - imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan .tamoyillar: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik yoki fonematik- morfologik prinsip, grafik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy- an’anaviy yozuv prinsipi, semantik-uslubiy prinsip kabi.
HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILI YOZUV TIZIMLARI HAQIDA TARIXIY-XRONOLOGIK MA’LUMOT
Adabiyotlar: 2 [3-22], 10 [114-127], 54 [73—75], 55 [71-74], 66 [19-24], 67 [58-60], 68 [23-27],
63- §. 0‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish va yozuv tizimlari
0‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o‘zbek adabiy tili XIX-XX asrlarda52 yoki XX asrning 20-30- yillarida53 shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘lab o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Undan oldingi davrlarda qo‘llangan yozuvlarni (sug‘d, turkiy run, uyg‘ur va arab alifbolaridagi yozuvlarni) esa «Qadimgi turkiy til», «0‘zbek tilining tarixiy grammatikasi», «0‘zbek adabiy tili tarixi», «Eski 0‘zbek tili va yozuvi praktikumi» kurslari doirasida ko‘zdan kechirgan ma’qul.
0‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi: bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi - bir'grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma’lum bo'ladiki, o'zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni o‘z ichiga oladi:
davr - arab grafikasiga asoslangan yillar (1900—1929)65.
davr — lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929^-1940).
davr — rus grafikasiga asoslangan yillar (1940—1995).
davr - ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995—201
§. Birinchi davr (arab grafikasiga asoslangan yillar)
Bu davrning 1916- yilgacha bo'lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e’tibor savod chiqarish, o‘qish-o‘qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi, shu maqsadda bir qator o'quv-uslubiy kitoblar yaratiladi: «Ustodi awal» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «Ikkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbari soni» (Abdullaxo'ja Saidmuhammad- xo'jayev, 1916) kabi qo'llanmalarshularjumlasidandir. Bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko'rish maqsad qilinmagan, ammo ularni yaratish, shular asosida savod chiqarish, yozish va o'qish ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni qoidalashtirish, uning alifbosi va imlosini o'zbek tili xususiyatlariga.moslashtirish zarurati borligi sezila borgan, bunday zarurat sezgisi esa, o'ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
Yozuv tariximizning 1918-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni mi 11 iylashtirish, soddalashtirish, keyinroq esa ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko'chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi.
Xususan:
yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar — «Chig‘atoygurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va Qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu’basi» tashkil etiladi. Bu shu’ba o‘zbek maktablari ishi bilan shug‘ullanadi, xususan, ta’lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan54.
Dostları ilə paylaş: |