So’zning neologizmlik belgisi leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador bo’Iadi, shunga ko’ra leksik neologizm quyidagi ikki turga bo’linadi: Neologizm-leksema.Bunda leksema yaxlitligicha neologizm bo’Iadi: devident, internet, faks, interfaks kabi. Neologizm-semema.Bunda leksemaning o’zi emas, uning ma’nolaridan biri neologizm sanaladi. Bunga ko‘k so’zining hozirgi tilda paydo bo’lgan «dollar» ma’nosini misol qilib ko’rsatish mumkin. Neologizmning yuzaga kelishi quyidagi omillarga tayanadi: Jamiyatda yangi voqelik paydo bo’Iadi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yangi so’z yoki atamaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda: voqelikning nomi boshqa tildan o’zlashtiriladi: komputer, monitoring, slayd kabi; b) voqelikning nomi o’zbek tilining o’zida yasaladi: MDH (mustaqil davlatlar hamdo’stligi) kabi. Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo’lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so’z yasaladi: eskirtma(arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalgan sinonimi) kabi.