H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə137/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170
H jamolxonov

Leksik-fonetik arxaizm - talaffuz arxaizmi. Bunda leksemaning tovush tarkibida qisman eskirish yuz beradi.
Leksik neologizm — yangilik bo'yog'i bor bo'lgan leksemalar.
Individual nutq neologizmi — ayrim shaxs nutqida voqe bo'lgan neologizm.
Umumtil neologizmi — nutqiy hodisadan til hodisasiga aylangan neologizm.
Neolgizm-leksema — yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan leksema.
Neologizm-semema — tilda azaldan mavjud bo'lgan leksemaning semantik tarkibida yangi paydo bo'lgan ma’no (semema).
0‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI
Adabiyotlar: 11 [73-75], 27 [67-71], 32 [119-121].

  1. §. So'zning uslubiy bo‘yog‘i

O'zbek tili leksikasida so'zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:

  1. Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so'zlar. Bunday so'zlarning semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo'ladi: yuz, oriq, ozg‘in, jilmaymoq kabi.

  1. Emotsional-ekspressiv jihatdan bo'yoqdor so‘zlar. Bunday so'zlarning semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo'yoqlar (ifoda semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo'ladi: turq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq), dirdov (denotativ ma’no+uslubiy bo'yoq), qiltiriq, ipiltiriq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq), irshaymoq (denotativ ma’no + uslubiy bo'yoq) kabi.

I z o h : yaxshi va yomon, g‘azab va nafrat kabi so'zlarda uslubiy bo'yoq bordek tuyuladi, aslida esa ularda uslubiy bo'yoq yo'q, bu so'zlar belgi yoki voqelikni atash (nomlash) bilan cheklanadi, shunga ko'ra emotsional- ekspressiv jihatdan bo'yoqdor so'zlar sanalmaydi96.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin