|
|
səhifə | 140/170 | tarix | 09.12.2023 | ölçüsü | 5,34 Mb. | | #138578 |
| H jamolxonovTayanch tushunchalar
Uslubiy bo‘yoq — so'zning leksik ma’nosiga qo'shimcha tarzda orttirilgan uslubiy ottenka, ifoda semasi.
Emotsional-ekspressivlik — ekspressiyaga (ta’sirchanlikka) egalik.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning leksik usuli — nutqda uslubiy bo'yog'i bor bo'lgan so'zning qoilanishi hisobiga ta’sirchanlikning ifodalanishi.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning affiksatsiya usuli — betaraf ma’noli so'zlarga subyektiv baho ifodalovchi affikslarni qo'shish orqali nutqda ta’sirchanlikka erishish.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning kontekstual usuli — uslubiy bo'yog'i bo'lmagan so'zning ma’lum kontekst ta’sirida uslubiy bo'yoqdor so'zga aylantirilishi orqali nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning fonetik usuli - turli fonetik hodisalar (geminatsiya, unlilarni cho‘zish, urg‘uning o‘rnini o‘zgartirish) hisobiga nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
So'zni metaforik qo'IIash - so‘zning metafora usulida ko‘chirilgan ma’nosi hisobiga nutqiy ta’sirchanlikning ta’minlanishi.
LEKSEMALARNING NUTQ KO'RINISHLARIGA XOSLANISHI
Adabiyotlar: 11 [75-78], 27 [165-173],
Dostları ilə paylaş: |
|
|