H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə147/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
H jamolxonov

Umuiniylik: 1) ikkalasi ham turg’un konstruksiya sanaladi; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko’chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkala­sida ham uslubiy bo’yoq (uslubiy sema) bo’Iadi, chunki frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qoilanadi.
Farqlari: 1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so’zlarning ma’nolari frazemaning ko’chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa so’zlar ma’nosi bilan frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o’rtasida bunday aloqa yo’q; 2) frazeologik butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so’zlarga xos ma’nolar sezilib turganligidan frazemaning ma’nosi ko’p qirrali, boy bo’Iadi. Frazeologik chatishma ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi so’zlarning ma’nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so’nggan bo’Iadi.
Tekshirish savollari

  1. Frazemaning semantik tarkibiga nimalar kiradi?

  2. Frazeologik monosemiya va polisemiya hodisalari qanday farqlanadi?

  3. Frazemaning qanday semantik turlari bor?

  4. Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma qanday farqlanadi?

  5. Polisemantik frazemalarning uslubiy xususiyatlarini qanday tushunasiz?

Frazeologik monosemiya — frazemalarda bir ma’nolilik hodisasi.
Frazeologik polisemiya - frazemalarda ko‘p ma’nolilik hodisasi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin