Tayanch tushunchalar 0‘z qatlam frazemalari — o‘zbek tilining o‘ziniki boigan frazemalar. 0‘zlashgan qatlam frazemalari — boshqa tillardan kalka usulida yoki o'zicha (o'zgarishsiz) o'zlashtirilgan frazemalar. Dialektizm-frazema— biror dialekt yoki shevaga mansub frazema. Istorizm-frazema — o‘tmish voqeligiga asoslangan frazema. Arxaizm-frazema— hozirgi o'zbek tilida sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazema. Neologizm-frazema — yangi paydo boigan va yangilik bo‘yog‘ini yo'qotmagan neologizm.
LEKSIKOGRAFIYA HAQIDA MA’LUMOT Adabiyotlar: 4 [82-89], 11 [90-94], 27 [183-186].. §. Leksikografiya
Leksikografiya tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasidir. Lug‘atlar tildagi so'zlarni, iboralar, maqol-matallar va turli nomlarni ma’lum tartibda o‘z ichiga olgan kitoblardir. Bunday lug‘atlar o‘tmishda qo‘lyozma shaklida ham bo‘lgan. Leksikogräfiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi: lug‘at tuzish prinsiplari va metodikasini ishlab chiqish;