H jamolxonov


§. Til oldi undoshlari tavsifi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə48/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170
H jamolxonov

§. Til oldi undoshlari tavsifi

  1. «T» fonemasi - til oldi-alveolar, portlovchi (sof portolovchi), jarangsiz, shovqinli undosh, «d» ning jarangsiz jufti. Bu undosh so‘zning barcha pozitsiyalarida uchraydi: so‘z boshida (tosh, tog% so‘z o‘rtasida (iota, botir) va so‘z oxirida (ot, qavat) kabi. Bu undosh tojik tilidan o‘zlashgan daraxt, do‘st, go'sht, musht, mast, past kabi so‘zlar oxirida (sirg‘aluvchi x, s, sh undoshlaridan so‘ng qo‘llanganda) talaffuz etilmasligi ham mumkin. Bunday hodisa turkiy so'zlarda, shuningdek, ruscha- baynalmilal o‘zlashmalarda kamroq uchraydi; yurist > yuris, aferist > aferis, avgust > avgus, artist > artis, to ‘rt > to ‘r kabi. Ammo' ost, ust, tort (tortrnoq), yurt kabi turkiy so‘zlarda va port, post, tort (konditer mahsuloti) kabi ruscha o‘zlashmalarda so‘z oxiridagi «t» tushirib qoldirilmaydi.

  2. «D» fonemasi — til oldi-alveolar, sof portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «t» ning jarangsiz jufti. So‘z boshida (daryo), o‘rtasida (odam), oxirida (ozod) qoilanadi. So‘z boshi (daraxt), intervokal holat (odat), jarangli yoki sonor bilan yondosh holat (gijda, sajda, banda, onda-sonda) bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu pozitsiyada «d» undoshining asosiy ottenkasi qo‘llanadi, boshqa holatlar «d» uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, bunda jarangli «d»' ning jarangsizlashgan ottenkasi qatnashadi. Masalan: ketdi > ketti (d > t) , tushdi > tushti (d > t), asad > asat (d > t), savod > savot (d > t) kabi. Bular jarangli «d»ning kombinator va pozitsion ottenkalari (allofonlari) sanaladi.

«D» fonemasi qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qoilanmagan;

  1. «S» fonemasi — til oldi-dental, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh «z»ning jarangsiz jufti. So‘z boshida (savat), o‘rtasida (qasam), oxirida (olmos) qoilanadi. Deyarli barcha pozitsiyalarda o‘zining asosiy ottenkasini saqlaydi: asbob, asta, osdi, o ‘sdi, qafas, asos kabi.

  2. «Z» fonemasi — til oldi-dental, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh, «s»ning jarangli jufti. So‘z boshida (zamon, zafar), o‘rtasida (bozor, ozod) va oxirida (oz, aziz, mayiz) qoilanadi. Jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga o‘tadi: iztirob > istirob, mazkur> maskur kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining jarangsizlashgan kombinator ottenkasi sanaladi («t» va «k»ning ta’sirida boiganligi uchun). Ba’zan so‘z oxirida ham biroz jarangsizlashadi: sakkiz > sakkis (z > s), tannoz > tannos (z > s) kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining pozitsion ottenkasi hisoblanadi (so‘z oxirida bo‘lganligi uchun). Demak, so‘z boshi {zamori), ikki unli orasi (go ‘zat) va jarangli yoki sonor bilan yonma-yon boigan holat (jonzot, tuzdori) «z» uchun kuchli pozitsiya, boshqa holatlar esa kuchsiz pozitsiya sanaladi.

Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «L» fonemasi — til oldi-alveolar, sirg‘aluvchi, jarangli, sonor tovush. So‘z boshida (lagan), o‘rtasida (olam) va oxirida (qamaï) qo‘llanadi. Orqa qator unlidan so‘ng qattiqroq (ol, bol kabi), old qator unlidan sø‘ng esa yumshoqroq (//, el, bel kabi) talaffuz etiladi. Fe’lning shart mayli va sifatdosh shakllarida («-sa», «-gan» qo‘shimchalaridan oldin qo‘llanganda) jonli so‘zlashuv nutqida o‘zak oxiridagi «1» tushib qolishi ham mumkin: kelsa > kesa, kelgan > kegan kabi.

Qadimgi turkiy tilda «1» fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «N» fonemasi - til oldi-alveolar, jarangli, sonor, burun tovushi. So‘z boshida (nok, narsa), o‘rtasida (ona, anor) va oxirida (burun, tutun) ishlatiladi. Lab undoshidan oldin qoilanganda assimilatsiyaga uchrab, lab- lab «m» tarzida talaffuz qilinadi: shanba > shamba (n > m) kabi.

  2. «R» fonemasi til oldi-tanglay, titroq, jarangli, sonor tovush. So‘zning boshida (raqs, ro ‘mol), o‘rtasida (darak,guruch) va oxirida (xabar, agar, zarar) kela oladi. Toshkent shevasida otning «-lar» bilan qo‘llangan shaklida shu qo‘shimcha oxiridagi «r»ning tushib qolishi keng tarqalgan: kitoblar > kitobla, bolalar > bolala, akamlar > akamla, oyimlar > oyimla kabi. Talaffuzning bu shakli adabiy til me’yori sanalmaydi.

Qadimgi turkiy tilda «r» fonemasi so‘z boshida qo‘llanmagan.

  1. «Sh» fonemasi — til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. So‘zning boshida (shamol,sholi), o‘rtasida (tushuncha, o‘sha) va oxirida (naqsh, ravish) kela oladi. Deyarli barcha pozitsiyada asosiy ottenkasi saqlanadi: go'sht, g‘isht, tovushlar, tövushni, tovushdan, tushgin, tushkinlik kabi.

  2. «J» fonemasi ~ til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh. So‘z boshida, o'rtasida va oxirida qoilanish holatlari faqat ruscha- baynalmilal o'zlashmalarda uchraydi: janr, jeton, jemper, jurnal (so‘z boshida); major, barja (so‘z o'rtasida); blindaj, peyzaj, drenaj, ekipaj, personaj, garaj, tiraj, massaj, sabotaj, staj (so‘z oxirida) kabi. So‘z o'rtasida qo'llanishi tojik tilidan o'zlashgan bir necha so'zda ham uchraydi: mujda, gijda, ajdaho (ajdarho) kabi. Bunday pozitsiyada sirg‘aluvchi «j» qorishiq «j (dj)»ning «d» ta’sirida o‘zgargan ottenkasi bo‘lishi ham mumkin. Bu undosh so‘z oxirida jarangsizlashadi: massaj > massash, drenaj > drenash, ekipaj > ekipash kabi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush bo‘lmagan.

  3. «J (dj)» fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangli, shovqinli undosh, «ch»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘zning boshida (joy,jiyda,jo‘ra), o‘rtasida (majlis, ojiz, ijozat) va oxirida (haj, avj, boj, toj, ilinj) kela oladi. So‘z oxirida bir qadar jarangsizlashib, «ch» ga yaqin talaffuz etiladi: lunj> lunch, vaj> vach, iloj> iloch, xiroj> xiroch, dilxiroj > dilxiroch kabi. So‘z ichida jarangsiz undosh bilan yonma-yon bolganda ham jarangsizlashadi (assimilyatsiya qilinadi): ijtimoiy > ishtimoiy (j > sh) kabi. Demak, qorishiq «j (dj)» assimilativ holatda yoki so‘z oxirida o'zining asosiy bo‘lmagan (notipik) ottenkasi bilan qatnashadi. Qadimgi turkiy tilda bu tovush boimagan.

  4. «Ch» fonemasi — til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh, «j (dj)» ning jarangli jufti. Bu undosh so‘zning boshida (choy,chegara), o‘rtasida (bechora,ko‘cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta’sirida ba’zan «sh» ga o‘tadi: uchta > ushta (ch > sh) kabi.

  1. §. Til o‘rta «y» undoshi tavsifï

«Y» fonemasi — til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor undoshi (og‘iz sonanti). Bu undosh so‘z boshida (yil, yo‘q), o‘rtasida (bayram, vayrona) va so‘z oxirida (boy, to‘y) qo‘llanadi, «i» unlisidan so‘ng qollanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy > vodi:, dohiy > dohi: kabi32.
«Y» undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo‘llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi — orqa qator unlilar old qator (ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo‘l (qol) —yo‘l (yel), quvmoq (quvmaq) — yuvmoq (yüvmoq) kabi.

  1. §. Sayoz til orqa undoshlari tavsifï

  1. «K» fonemasi sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh, «g»ning jarangsiz jufti. Bu fonema so‘z boshida (katta, kiyim), o‘rtasida (aka, tikari) va oxirida (o‘rdak, go‘dak) kela oladi. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi «k» jarangli «g»ga o‘tadi; kovak > kovagi (k > g), telpak > telpagim (k > g), yurak > yuraging (k > g) kabi. Bir bo‘ginli so‘zlarda va ayrim o‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: yuk — yukim, yuking, yuki; ishtirok — ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok — idroking, idroki kabi. Demak, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning ba’zi grammatik shakllarida jarangsiz «k» ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi. «K» dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qoMlanadi: ko‘l (kol), kul (kyl), kitob (khtop) kabi.

  2. «G» fonemasi — sayoz til orqa, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «k»ning jarangli jufti. Bu fonema so‘z boshida (gul, go ‘zat), o‘rtasida (legirmon, agar) va oxirida (barg, juvonmarg) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo‘llanmagan. So‘z oxirida kelishi ko‘proq o‘zlashma so'zlarda uchraydi, bunday pozitsiyada u jarangsiz «k» tarzida talaffuz etiladi: barg> bark, pedagog> pedagok kabi; «g» dan so‘ng unli fonemalarning faqat old qator ottenkasi qatnashadi: go ‘zal (gozdl), gul (gyl), gilam (gblem) kabi.

  3. «Ng (q)» fonemasi — sayoz til orqa, jarangli, burun sonanti. Bu fonema so‘z boshida qo‘llanmaydi, so‘z o‘rtasida (ko'ngil, singil) va oxirida (ong, ming) ishlatiladi. Bu fonema bilan yonma-yon qo‘llangan unlilar doimo ingichka talaffuz etiladi: jang-jeq, ko ‘ngil-kephl kabi. Bu fonema qattiq o‘zakli so‘zlar yoki so‘z shakllarida chuqur til orqa ottenka bilan talaffuz etilishi ham mumkin; g‘ing (g‘bing), xo ‘ng-xo ‘ng kabi.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin