H jamolxonov


§. Bo‘g‘iz undoshi tavsifi



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə50/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   170
H jamolxonov

§. Bo‘g‘iz undoshi tavsifi

«H» fonemasi — bo'g'iz undoshi, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so'z boshida (ham, hozir), o'rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi. Asosan, arab va fors tillaridan o'zlashgan so'zlarda yoki shu so'zlardan yasalgan o'zbekcha so'zlarda qo'llanadi: hammol, haqiqat, huquq, humo («humo qushi»), hunar, hurriyat, jumhuriyat kabi. Hozirgi o'zbek tilida «h»ning «y»ga o'tish holatlari uchraydi: shohi > shoyi (h > y), Rahim > Rayim (h > y), Sohib > Soyib (h > y), Mohira >,Moyira (h > y) kabi. «H»ning bu xususiyati ba’zan uning so'z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar > sha:ar, Solih > Soli, Tohir > Toir kabi. Hatto Muhammad Rahim > Muhammad Raim > Mamaraim > Maraim kabi fonetik jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta’siri bor.

  1. §. Qorishiq «TS» («U,») undoshi tavsifi

«ts» fonemasi — til oldi-alveolar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema faqat mscha leksik o'zlashmalarda qo'llanadi. Dastlab «ts» o'rnida «ch» va «s» tovushlari ishlatilgan: üapH3M > Chorizm,
wpti > sirk kabi. Keyingi 50-60 yil davomida o'zbek-rus ikki tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko'pchilik o‘zbek ziyolilarida «ts» ning ruscha artikulatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiyä, aviatsiya, evolutsiya, inflatsiya, litsey kabi so‘zlärning o‘zbeklar nutqidagi qo'llanishi shundan dalolat beradi, ammo o'zbek tilida «ts» bilan qo'llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu fonemaning o‘zbek tilidagi fonologik funksiyasini munozarali qilib qo'ymoqda.
Tekshirish savollari

  1. Tasnif va tavsif qanday farqlanadi?

  2. Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo'lmagan ottenkalari qatnashadi?

  3. Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga o'tadi?

  4. Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?

  5. Lab-lab «v» va lab-tish «v» qanday farqlanadi?

  6. Qanday pozitsiyada lab-tish «f» ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa tilshunoslikda nima deb ataladi?

  7. Qanday so'zlar oxiridagi «t» talaffuz etilmaydi?

  8. Qanday holatlarda «1» undoshi tushib qolishi mumkin?

  9. Qanday pozitsiyada til oldi «n» lab-lab «m» ga o'tadi? Sababi?

  10. j (dj) va j undoshlari qanday farqlanadi? Qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning allofonlari yuzaga keladi?

  11. Qanday holatda «ch»ning «sh»ga o'tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi?

  12. Sayoz til orqa «k», «g» undoshlari qanday pozitsiyada o'zgaradi? Chuqur til orqa undoshlari-chi?

  13. «H» undoshi talaffuzida qanday o'zgarishlar kuzatiladi?

  14. «ts» («u») undoshining qaysi jihatlari o'zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo'Imoqda?

  15. Divergent nima?


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin