H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə51/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170
H jamolxonov

Tayanch tushunchalar
Kuchli pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya — fonemaning asosiy ottenkasi o'zgarishiga olib keladigan pozitsiya.
Intervokal holat — undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Dissimilativ holat — nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat,
Divergent — divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.
FONETIK HODISALAR
Adabiyotlar: 10 [67-74], 16 [74-88], 27 [28-31],

  1. §. Umumiy ma’lumot

Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon boiishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat:

  1. Kombinator omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar:

  1. Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o‘zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor:

  1. progressiv assimilatsiya — oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt), ekgan > ekkan (kg > kk), qishloqga > qishloqqa (qg > qq) kabi;

  2. regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi;

  1. to‘liqassimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga aynan moslashadi (ular o‘rtasida neytrallashuv sodir bo‘ladi): nonvoy > novvoy (nv > vv), terakga > terakka (kg > kk) kabi;

  2. to ‘liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisrnan moslashadi: tanbur> tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > mb) kabi. Bu so‘zlarda «n» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat artikulatsiya o‘rni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan). ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: «m» — sonor, «b» — shovqinli; «m» — yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi), «b» — sof portloVchi kabi;

  3. kontakt assimilatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar);

  4. distant assimilatsiya — so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > choch kabi.

0‘zbek tilida o‘zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsiyasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg‘unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg‘unlashuvi la.b garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan: keldi — «e» old qator), «i» (old qator). Bunda o‘zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi — «o» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o‘zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan «i» ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko‘proq shevalarda uchraydi: o‘gdim (adabiy tilda) — ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko ‘zim (adabiy tilda) — ko ‘zum (kozym: qipchoq lahjasida) Bunda o‘zak va qo‘shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida .assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.
Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o‘zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bolganligi uchun).

  1. Akkomodatsiya — turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli bilan undoshning o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht «i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «k» undoshiga moslashgan — qish (qbish: «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa «q» undoshiga moslashgan). Ba’zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) «f» undoshi lablashgan «u» unlisi ta’sirida lab-lab «f» ga aylanishi mumkin. Qiyos qiling: faqat («f» — lab-tish), nufuz («f» lab-lab), aft («f» — lab-tish), ufq («f» — lab- lab), saf («f» — lab-tish), tuf («f» — lab-lab) kabi.

0‘zaro ta’sirda bo‘lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko‘ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo‘linadi:

  1. progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta’sir qiladi: kulmoq so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «u»ni old qator «y» ga aylantirgani kabi. Qiyos qiling: qul («u» — orqa qator unli) — kul («y» — old qator unli), qo‘l («o‘» — orqa qator «o» unlisi) — ko7 («o‘» - old qator «e» unlisi);

  2. regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qiladi. Masalan: to‘k so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «o‘» unlisini old qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilatsiyada bo‘lganidek, akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi.

  1. Dissimilatsiya — so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko‘chishi: birorta > bironta (ror > ron), kissa > kista (ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin.

Dissimilatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi:

  1. progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur > zaril


  2. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin