Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: a fonografemasi «a» fonemasini, z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi. Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monograf (bir harfli fonografema) va poligraf (ko‘p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflar o‘z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to‘rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o‘zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi37. Fonografemaning mazmun planida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Chunonchi, o‘zbek yozuvidagi o‘ fonografemasi ning mazmun planida bitta «o‘» fonemasi (o‘zbek tilining lablangan, o'rta keng unlisi), q fonografemasining mazmun planida bitta «q» fonemasi (o'zbek tilining chuqur til orqa «q» undoshi) kodlashtirilgan. Bular grafemikada monofonemali grafemalar deb nomlanadi38; o'zbek yozuvidagi o va j fonografemalarida esa boshqacharoq holat kuzatiladi: o fonografemasining mazmun planida ikkita fonema — o'zbek tilining quyi keng «o» unlisi (ota so'zi boshidagi fonema) va rus tilining o'rta keng, lablangan «o» unlisi (tonna so'zining urg'uli bo'g'inidagi «o» fonemasi) kodlashtirilgan; j fonografemasining mazmun planida ham ikkita fonema — sirg'aluvchi j (jurnalso'zi boshidagi undosh) va qorishiq «j» (dj) (juda so'zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Bunday fonografemalar grafemikada bifonemali grafemalardeb yuritiladi39. Izoh: tinish belgilarining yuqorida sharhlangan xususiyatlari va shu asosda yaratilgan klassifikatsiyalar ularning grafik belgi (prosodemografema) sifatidagi xarakteristikasi hisoblanadi, ammo tinish belgilarining qodlanishini me’yorlaydigan qoidalar tizimi esa grafikada maxsus kodllmaydi, chunki «qoidalar» «Grafika»ning emas, «Punktuatsiya»ning predmeti sanaladi. Yuqorida sanab ko‘rsatilgan tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashtirilishi ham bir xil emas: nuqta (.), vergul (,), ko‘p nuqta (...) misraning pastki chizig‘i bo‘yicha qo‘yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, qavs (), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), so‘roq belgisi (?), ikki nuqta (:), qo‘sh tirnoq (« ») misraning ustki chizig‘idan ostki chizig‘igacha bodgan masofa hajmida yoziladi. Qo‘sh tirnoqning asosan qod yozmada qodlanadigan turi („ “ )so‘z yoki gap boshida misraning ostki chizigd bo‘ylab, shu so‘z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizigd bo‘ylab joylashtiriladi.