Monograf - shaklan bir harfga teng grafema. Poligraf — shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema. Monofonemali grafema— mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema. Polifonemali grafema — mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan fonografema. Sintetik grafema— nutq oqimida bir yo‘la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o‘zbek yozuvidagi e, e, so, a harflari shunday grafemalardir Grafik simmetriya (fonetik-grafik simmetriya) — so‘z tarkibidagi tovush va harflaming miqdoran teng bo'lishi («bir tovushga bir harf» munosabatining ta’minlanishi). Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya)— so‘z tarkibida o‘zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o‘rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi. Grafik sinonimiya — shakli har xil bo‘lgan ikki grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi. Prosodemografemalar— yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg‘u belgisi va tinish belgilari). Logografemalar — tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo'lgan so'zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar).