H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə87/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170
H jamolxonov

1953—1955- yillarda matbuotda bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida «0‘zbek oifografiyasi asosiy qoidal?iri»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so'nggisi O'zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi.
1956- yilning 4- aprelida «0‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va takomillashtirilgan varianti) O'zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqländi [133],
1956—1990- yillarni rus grafikasiga asoslangan o'zbek yozuvi uchun jiddiy sinov yillari bo'ldi deb baholash mumkin: bu yillar ichida alifbo va imlo qoidalarining ijobiy baholanishi mumkin bo'lgan jihatlari bilan birga, anchagina kamchiliklari borligi ham ma’lum bo'lib qoldi: o'zbek tilining ayrim milliy tovushlari uchun maxsus harflarning yo'qligi, grafika va orfografiyaning ortiq darajada rus tili fonologik xususiyatlariga moslashtirilganligi bir qator mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelindi. [Bu haqdä qarang: 56, -36—39; 57, -54—57; 58, -55— 57; 59, -45-47; 60, -36-38; 61, -64-67; 62, -60-61].
1990—93- yillarda o' zbek yozuvi muammolari bilan bog'liq yangi davr boshlandi: bu davrda ruschalashtirilgan o'zbek alifbosini boshqa sistemadagi alifbo bilan almashtirish g'oyasi paydo bo'ladi va shu g'oya atrofida to'rt xil yo'nalish shakllanadi. Birinchiyo ‘nalish tarafdorlari o'zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitga ko'chirish masalasini o'rtaga qo'yadi; ikkinchi yo ‘nalish tarafdorlari arab grafikasidagi eski o'zbek yozuviga qaytishni yoxud uni (eski yozuvni) ma’lum vaqt amaldagi yozuv bilan parallel qo'llashnij shu tarzda bu ikki yozuvdan birining tanlanishini vaqt ixtiyoriga berishni taklif qiladilar; uchinchi yo ‘nalish tarafdorlarining aniq shakllangan xulosa va takliflari bo‘lmasa-da, ularning fikrlarida qadimgi turkiy (urxun) alifbosini tiklashga moyillik bordek tuyuladi; to ‘rtinchi yo ‘nalish tarafdorlari esa amaldagi alifboni ma’lum o'zgarishlar bilan saqlash kerakligini aytishadi.
Yuqoridagi yo'nalishlarning tarafdorlari o'rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o'zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko'chirish g'oyasining ustun kelishi bilan yakunlanadi [61, -64—67; 62, -60—61],

  1. §. To‘rtinchi davr (ikki yozuvlilik yillari)

1993- yilning 2- sentabrida o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n uchinchi sessiyasi «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» qonun qabul qiladi. Qonunga muvofiq yangi o'zbek alifbosining tarkibi quyidagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilanadi: a, b, c, d, e, f, g, h, i, j, k, 1, m, n, o, p, Q, r, s, t, u, v, x, y, z, 9, g‘, j., n, ö, §, (’) tutuq belgisi (apostrof) [135].

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin