Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.
Leksikologiyaning qanday turlari bor?
Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo'limlari bilan aloqada bo'ladi?
Sabablari?
Leksikologiyaning obyekti— tilning lug'at boyligi, leksik tizimi. Lug‘aviy birliklar — so‘z va iboralar (leksenta va frazemalar). Lisoniy omillar(lingvistik faktorlar) — tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar. Nolisoniy omillar (ekstralingvistik faktorlar) — til taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar. Umumiy leksikologiya— leksikologiyaning barcha (yoki ko'pchilik) tillar lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyaUarni aniqlash va yoritish bilan shug'ullanuvchi turi Xususiy leksikologiya — leksikologiyaning muayyan bir til lug'at boyligi haqida ma’lumot beruvchi turi.