5-sinf
Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)
I. Natural sonlar (74 soat).
1. Natural sonlar va shkalalar (18 soat).
Natural son tushunchasi. Natural sonlarni yozilishi va o‘qilishi. Kesma.
Kesmaning uzunligi. Kesmalarni taqqoslash. Uzunlik o‘lchov birliklari.
Uchburchak. Tekislik, to‘g‘ri chiziq va nur. Shkalalar va koordinatalar.
Koordinatalar (sonlar) nuri. Natural sonlarni taqqoslash. Katta, kichik.
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Natural sonlarni qo‘shish va ayirish (20 soat) .
Natural sonlarni qo‘shish va uning xossalarini koordinatalar nurida
tushuntirish. Natural sonlarni ayirish va uning xossalari. Sonli va harfli
ifodalar. Qo‘shish va ayirish xossalarining harfiy ifodasi. Tenglamalar.
Masalalar yechish. Al-Xorazmiyning «Algorizmi hind hisobi haqida»
asari.
3. Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (21 soat).
Natural sonlarni ko‘paytirish va uning xossalari. Natural sonlarni
bo‘lish. Qoldiqli bo‘lish. Ifodalarni soddalashtirish. Amallarni bajarish
tartibi. Natural sonlar ustida to‘rt amalga doir misol va masalalar. Sonning
darajasi. Sonning kvadrati va kubi. Masalalar yechish.
4. Yuz va hajmlar (15 soat).
Formulalar. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari. Yuz
o‘lchov birliklari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub. Hajm o‘lchov
birliklari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari.
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
II. KASR SONLAR (96 soat).
5. Oddiy kasrlar (26 soat).
Aylana va doira. Ulushlar. Oddiy kasrlar haqida tushuncha. Kasrlarni
taqqoslash. To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar. Bir xil mahrajli kasrlarni qo‘shish
va ayirish. Bo‘lish va kasrlar. Aralash kasrlar. Aralash sonlarni qo‘shish va
ayirish. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
6. O‘nli kasrlar (13 soat).
O‘nli kasrlarning yozilishi va o‘qilishi. O‘nli kasrlarni taqqoslash.
O‘nli kasrlarni qo‘shish va ayirish. Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni
yaxlitlash. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
7. O‘nli kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish (25 soat).
O‘nli kasrni natural songa ko‘paytirish. O‘nli kasrni natural songa
bo‘lish. O‘nli kasrlarni ko‘paytirish. O‘nli kasrga bo‘lish. O‘rta arifmetik.
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
8. Foizlar (15 soat).
Foizlar. Foizlarga doir masalalar yechish. Burchak. To‘g‘ri va yoyiq
burchak. Burchaklarni o‘lchash. Transportir. Burchak o‘lchov birliklari.
Doiraviy diagrammalar va ularni qurish. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
9. Takrorlash uchun savol va masalalar (17 soat)
Dostları ilə paylaş: |