Nazorat topshiriqlarini bajarish tartibi haqida umumiy ko‘rsatmalar.
Nazorat ishining maqsadi – statistika faniga oid masalalarni mustaqil o‘rganish jarayonida olingan bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, shuningdek, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni chuqurlashtirish hamda bozor hodisa va jarayonlarini statistik tahlil qilishda fan usullarini qo‘llash sohasida to‘plangan o‘quv va ko‘nikmalar darajasini aniqlashdan iborat. Nazorat topshiriqlari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda yetita topshiriq , ikkinchisida ikkita topshiriq ko‘zlangan. Talaba berilgan variantlardagi barcha topshiriqlarni bosqichma-bosqich belgilangan tartibda bajarib borishi va eng muhimi, har bir topshiriqni o‘z vaqtida bajarishi kerak.
Nazorat topshiriqlarni bajarishga kirishishdan oldin statistika fani bo‘yicha o‘quv dasturi bilan yaqindan tanishib chiqish, tavsiya etilgan adabiyotlarni chuqur o‘rganish hamda nazorat topshiriqlarini bajarish tartibi haqidagi ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish lozim.
Nazorat topshiriqlarni bajarish uchun quyidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini o‘rganib chiqish tavsiya etiladi:
James T. McClave, Terry Sincich. Statistics /.—12th ed. 2018. – 814 p.
Shodiyev X. va Xabibullayev I. Statistika: darslik//. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2019.-454 b.
Shodiyev X., Xabibullayev I., Utanov B.Q. Statistika bo‘yicha praktikum: o‘quv qo‘llanma //.–T.: IQTISOD-MOLIYa”, 2021.-336 b.
N.M.Soatov, X.Nabiev, A.H. Ayubjonov. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2019. – 568 bet.
Ayubjonov A.H., Mamatqulov B.X., Sayfullaev S.N. “Statistika” fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv qo‘llanma. – T., TDIU, 2019.
Nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi shartlarni bajarish kerak:
Avvalambor topshiriqlar variantini belgilangan tartibda aniqlash va ishda uning tartib raqamini ko‘rsatish;
har bir masala va topshiriqning shartlarini ushbu hujjatda ko‘rsatilgan tartibda keltirish;
masalalarni formulalar yordamida qisqacha izohlar bilan yechish;
ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibini to‘liq yoritish;
ko‘rsatkichlarni koeffitsientlarda ifodalayotganda 0,001, foizda ifodalaganda esa 0,1 aniqlikda hisoblash;
statistik jadvallar, ularni tuzish tartib qoidalariga binoan rasmiylashtirish;
nazorat ishini 12 varaqlik daftarda bir rangli ruchka yordamida yozish, so‘zlarni qisqartirmaslik, varaqlarni betlash;
har bir topshiriq o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
o‘qituvchi tekshirib bergandan so‘ng talaba ishda qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilishi shart, aks holda u keyingi topshiriqlarni bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mustaqil ishlash bo‘yicha ushbu topshiriqlarni bajarish natijalari asosida talaba to‘plagan ballar statistika umumiy nazariyasi bo‘yicha umumiy reyting narxlashda hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |