Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə111/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Arman yozma adabiyoti asosan milodning V asrdan boshlab shakllanib, rivojlanib bordi. Bunga asosiy sabablardan biri arman milliy alfavitini yaratilishi bo‘ldi. Arman yozuviga arman rohibi Mesrop Meshtots asos solgan edi.

Arman xalq og‘zaki ijodi asarlari orasida ertak, qo‘shiq va termalarni, epik dostonlar va afsonalarni, maqol va hikmatli so‘zlarni ko‘p uchratish mumkin.

Arman xalq qahramonlik dostonlari orasida eng mashhuri “Sosunlik Dovud” dostonidir. Bu dostonda xalqning VIII-X asrlarda arab bosqinchilariga qarshi olib borgan ozodlik kurashi zo‘r badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Unda uzoq asrlar davomida haqiqat va adolat uchun qon to‘kkan arman xalqining ozodlik sari intilishi yorqin ifodalangan. Arman xalq og‘zaki ijodida, ertak va eposlardan tashqari, marosim qo‘shiqlari ham keng o‘rin tutadi.

XII asrgacha arman adabiyotida “grabar” deb ataluvchi qadimgi arman cherkov tili hukm surgan. XII asrdan boshlab “grabar” zamiriga asta-sekin oddiy avom xalq tili – “ashxarabar” singib kirib bordi. XIX asrga kelib “ashxarabar” – arman adabiy tiliga aylandi.

XIX asrda yangi arman adabiyoti shakllandi. Uning asoschisi va yirik vakillaridan biri buyuk ma'rifatparvar-demokrat shoir Xachatur Abovyan edi. Pushkin davri rus adabiyoti ta'sirida voyaga yetgan X.Abovyanning xizmati shundaki, u cherkov tarafdorlarining o‘lik grabar tilini qayta tiklash yo‘lidagi urinishlariga qaqshatqich zarba berdi. O‘zining turli janrlardagi ajoyib asarlarini “ashxarabar” deb ataluvchi yangi arman tilida yozdi. Uning eng yaxshi nasriy asarlaridan biri “Armaniston jarohatlari” asari bo‘lib, bu birinchi arman romani edi.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, arman adabiyotida dramaturgiya taraqqiy etdi. Arman dramaturgiyasining eng yirik vakili G.Sundukyan edi. Uning “Pepo”, “Buzilgan uy”, “Yana bir qurbon”, “Xatbala” nomli sahna asarlari xukmron muxitdagi jiddiy ziddiyatlarning dramatik tasvirini yaratdi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Armanistonda kapitalizmning taraqqiy etishi munosabati bilan asta-sekin patriarxal munosabatlar yemirila boshladi. Dehqonlar hayoti og‘irlashdi. Arman yozuvchilaridan A.Aganyan, A.Adeyan, A.Shaxnazaryanlarning ijodi ana shu tarixiy davrga to‘g‘ri keldi. Xuddi shu vaqtlarda oyda bir marta chiqib turgan “Murch” (“Bolg‘a”) jurnali atrofiga uyushgan Ovanes Tumanyan, Avetik Isaakyan, Akop Akopyan, Derenin Demirchyanlar arman demokratik adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Bular orasida O.Tumanyan ijodi alohida ajralib turadi. U o‘z to‘rtliklari, doston, masal va ertaklarida klassik adabiyot an'analarini davom ettirdi; xalq hayotining realistik lavhalarini chizib berdi; optimistik g‘oyalarni tarannum etdi. Uning eng yaxshi asarlariga misol qilib “Anush”, “Eski kurash” va “Sosunlik Dovud” syujeti asosida yozilgan dostonlarni ko‘rsatish mumkin.

XX asr adabiyotining asosiy ulushini romanchilik tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushi mavzusi keng ko‘lamda yoritilgan yirik badiiy asarlar vujudga keldi. R.Kocharning “Katta xonadon bolalari”, M.Armenning “Yasva”, A.Sirasning “Ararat”, V.Alazanning “Shimol yulduzi” romanlari bilan bir qatorda, chet el xalqlari hayoti va kurashi taviriga bag‘ishlangan “Tehron” (G.Sevuns), “Sahroda”, “Mag‘lubiyat” (S.Alajanyan) nomli romanlari shular jumlasidandir.

Shuningdek, arman adabiyotida she'riyat ham sezilarli xolatda rivojlandi. Adabiyot sahnasiga ye.Charens, G.Saryan, N.Zaryan, O.Sheroz kabi qobiliyatli ilg‘or shoirlar kiribkelishdi. Ularning qalamiga mansub bo‘lgan “Chanensdan salom”, “Rushan cho‘qqisi”, “Bahor fasli” kabi she'riy asarlari to‘rlamlari badiiy yetukligi bilan ajralib turadi.

Gruzin adabiyoti juda qadimiy tarixga ega bo‘lib, u milodiy asrdan ming yillar avvalgi davrlarga borib taqaladi. Biroq qadimiy yozma adabiyot va og‘zaki ijod namunalari bizgacha yetib kelgan emas. Ular IV asr boshlarida xristian cherkovi va mamlakatni ko‘p asrlar davomida talab kelgan chet el bosqinchilari tomonidan yo‘q qilib tashlangan.

Gruzinlarda yozuv ham qadimdan mavjud. XI asrgacha ular xutsuri (cherkov yozuvi) deb ataladigan, XI asrdan boshlab mxedruli (fuqaro yozuvi) nomli yozuvlar bilan ish yuritganlar. Hozirgi gruzin yozuvi ana shu mxedruli yozuvining birmuncha ixchamlashtirilgan turidir.

Gruzin xalq og‘zaki ijodi zaminida shakllanib, uzoq asrlar davomida gruzin xalqi tarixi bilan chambarchas bog‘liq ravishda rivojlanib kelayotgan gruzin yozma adabiyoti tarixi, odatda, quyidagicha davrlashtiriladi:

1. Qadimgi gruzin adabiyoti - V-XVIII asrlar:

a) ilk feodalizm davri gruzin adabiyoti (V-XI asrlar),

b) feodalizm taraqqiy topgan davr gruzin adabiyoti (XI-XIII asrlar),

v) so‘nggi feodalizm davri gruzin adabiyoti (XIII-XVIII asrlar).

2. XIX asr gruzin adabiyoti:

a) XIX asrning birinchi yarmi gruzin adabiyoti,

b) XIX asrning 60-70-yillari gruzin adabiyoti,

v) XIX asrning 80-yillari gruzin adabiyoti,

g) XIX asrning 90-yillari gruzin adabiyoti.

3. XX asr gruzin adabiyoti.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin