Taras Shevchenko (1814-1861) 1814 yil 25 fevralda Kiev guberniyasida kambag‘al oilada dunyoga keldi. 1838 yilda San'at Akdemiyasiga sirtdan o‘qishga kiradi, taniqli rassom Bryullov qo‘lida tahsil oladi. U ayniqsa portret janrida samarali ijod qiladi. Shevchenko she'r yozishni 1839 yildan boshlagan.
Taras Shevchenko juda murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tdi. 1859 yilda Leypsigda “Pushkin va Shevchenkoning yangi she'rlari” to‘plami bosilib chiqdi. Bu to‘plamga shoirning “Kavkaz” va “Vasiyat” nomli she'rlari kiritilgan edi. 1961 yil 10 martda shoir og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Uni Smolensk qabristoniga dafn etishdi. Ikki oydan so‘ng o‘z vasiyatiga binoan uning hoki Ukrainaga qayta dafn etildi.
“Katerina” dostonida T.Shevchenko voqyelikni realistik aks ettirishga erishdi. Panlarning axloqiy tubanligini ayovsiz fosh etish bu asarning asosiy g‘oyasidir. “Gaydamaklar” poemasida 1768 yilda polyak panlariga qarshi ko‘tarilgan dehqonlar qo‘zg‘oloni tasvirlangan. “Uch yil”, “Tush” dostonlari ham boshdan-oyoq xalq dardini kuylash asosiga qurilgan.
Dostları ilə paylaş: |