Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Rus adabiyotining oltin davri Pushkin



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə119/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Rus adabiyotining oltin davri Pushkin nomi bilan bog‘liq. A.S.Pushkin 1799 yil 6 iyunda Moskva shahrida dvoryan oilasida tug‘ildi. Aleksandr 12 yoshgacha uyida o‘qidi, keyin uni 1811 yil Sarskoe Selo shaharchasida yangi ochilgan litseyga o‘qishga berishadi. Litseyda u o‘ziga Delvig, Pushin, Kyuxelbeker va shunga o‘xshash do‘stlar orttirdiki, ular bir umrga qadrdon bo‘lib qolishdi. 1820 yil 9 mayida Pushkinni shaxsan Aleksandr I buyrug‘iga asosan general Inzov qo‘l ostiga xizmatga (aslida surgun qilishgan edi) yuborishadi. Shu yilning yoz oylarida Inzov ruxsati bilan Raevskiy oilasi bilan sayohatga boradi. U Shimoliy Kavkaz, Qrimda bo‘lib, Simferopol va Odessa orqali Kishinyovga qaytadi.

Kishinyovda u ilk poemasi “Kavkaz asiri”ni yaratdi(1822). 1823 yilda ikkinchi poemasi “Bog‘chasaroy fontani”ni yakunladi. Shu yili “yevgeniy Onegin” she'riy romanini boshlaydi. Pushkin 1837 yil 27 yanvar kuni 38 yoshida vafot etadi.

U litseyda Derjavin, Batyushkov, Jukovskiylarga o‘xshashga intilardi. Shu paytlarda “Shoir do‘stimga” (1814), “Mening do‘stlarimga vasiyatim” (1815), “Mening epitafiyam” (1815), “Mening Aristarximga” (1815), “Hijron”, “Ayriliq” nomli she'rlari odamlarning diqqat e'tiborini o‘ziga tortgan edi.

XIX asr oxiri XX asr boshi rus adabiyotining “kumush davri” deyiladi. (oltin davr – Pushkin davri). Bu davrda ko‘plab iste'dodlar yetishib chiqdi, yangi yo‘nalish va oqimlar paydo bo‘ldi. Rus ijodkorlari davr bilan hamnafas bo‘lishdi, o‘z davri voqyea-hodisalarini teran tahlil etishdi. XX asrning boshida diniy mavzular va talqinlar ancha chuqurlashganini ko‘rish mumkin. Inqilob rus ijodkorlariga kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Rus adabiyotining kumush davrini 1892-1917 yillar deb belgilaydilar. Ayrimlar esa bu davr 1921-22 yillarda, ya'ni ko‘plab rus namoyandalarining emigratsiyasi, Blok va Gumilevning vafot etishi bilan tugadi deb aytishadi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin