Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


-MAVZU: HOZIRGI ZAMON ShARQ ADABIYoTI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə130/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

21-MAVZU: HOZIRGI ZAMON ShARQ ADABIYoTI.

ReJA:

  1. Zamonaviy Xitoy adabiyoti. Mo Yan (1955).

  2. Turk adabiyoti. O‘rxan Pamuk.

  3. Zamonaviy Eron adabiyoti.

  4. Bangladesh adabiyoti.


Zamonaviy Xitoy adabiyoti. Mo Yan (1955).

Mo Yan 2012 yil Nobelga sazovor bo‘ldi. “Adabiyotga ertak, tarix va hozirgi kunni omuxta etgan realizmi” uchun deya berildi. Asarlari “Qizil gaolyan”, “Sarimsoq balladasi”, “Musallas mamlakati” romanlari. “Musallas mamlakati” o‘zbek tiliga Amir Fayzullo va Sevara Alijonovalar tomonidan tarjima qilindi.

Roman prokuratura xodimi Ding Gouerning Loshan shaxtasiga tekrshirish uchun borayotganidan boshlanadi. Mashinada bir qiz bo‘ladi. mashina silkinadi. Yaxshiyam “qornimda bola yo‘q. Bo‘lsa tushib qolardi. Tushsayam 2000 yuan berishardi” deydi. Xodim belgilangan joyga keladi. Dahshatli voqyelar shu yerda sodir bo‘ladi. oshpaz vafot etadi. Shunda uning go‘shtini maxsus oshpazlik bo‘limiga sotish haqida gap boradi. Kimdir “Maxsus oshxonalarda oppoqqina, barragina o‘g‘il bolalarni olishadi, bu chandir kimga kerak?” deydi.

Keyin Musallaspazlik Akademiyasida Jin Ganjuan qanday qilib musallas tayyorlash haqida ma'ruzalar o‘qiydi. Og‘ziga kelgan gapni to‘xtatmay gapiraveradi, ammo ularning hammasi musallas haqida bo‘ladi. Voqyelar musallas mamlakatida ro‘y beradi

Tushib qolishi mumkin bo‘lgan bola va musallas. Bular partiya rahbarlari ziyofatining asosiy parchalari hisoblanadi. Chunki bolalardan desert tayyorlanadi, musallaslar ichiladi. Romanda boladan desert tayyorlash jarayoni batafsil, shafqatsizlarcha tasvirlanadi.

Nobel bunday asarga nega berildi? “Adabiyotga ertak, tarix va hozirgi kunni omuxta etgan realizmi” uchun deya berildi, deyiladi. Bu yerda siyosiy motiv yo‘qmi? Balki xitoylik yozuvchi xitoy kommunistik jamiyatidagi illatlarni fosh qilgani uchun berilgandir.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin