Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Turk adabiyoti. O‘rxan Pamuk



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə131/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Turk adabiyoti. O‘rxan Pamuk. O‘rxon Pamuq 1952 yil 7 iyunda Turkiyaning Istanbul shahrida muhandis oilasida dunyoga keldi. Istanbuldagi Amerika – Robert kollejida tahsil olgach, Istanbul Texnika Universiteti me'morlik fakultetiga o‘qishga kirdi. Biroq uch yildan so‘ng mazkur oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini tashlab, Istanbul Universiteti Jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi.

Yozuvchining ilk asari “Javdat Bey va O‘g‘illari” (1979) romani Turkiyadagi O‘rxon Kamol nomidagi hamda Milliyat gazetasi mukofotlariga loyiq topildi.

Yozishni hayotining asosiy tamoyili deb bilgan adibning shundan so‘ng birin-ketin “Sassiz uy” (1983), “Oq qal'a” (1985), “Qora kitob” (1990), “Yangi hayot” (1994), “Mening ismim – Qirmizi” (1998), “Boshqa ranglar” (1999), “Qor” (2002) va “Istanbul: xotiralar va shahar” (2003) kabi romanlari dunyo yuzini ko‘rdi.

O‘rxon Pamuqning barcha muxlisu muxoliflari tomonidan yakdillik bilan e'tirof etilgan eng muhim yutug‘i adib qanday mavzuga qo‘l urmasin, tildan nihoyatda ustalik bilan foydalanib, asarga joziba baxsh etishidir.

Asarlari jahonning qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan adib bir qancha xalqaro mukofotlar sovrindori hisoblanadi.

2006 yilning oktyabr oyida O‘rxon Pamuq “Istanbul: xotiralar va shahar” romani uchun Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Shvetsiya Qirolligi Akademiyasi matbuot anjumanida mazkur mukofot adibga “Ona shahrining g‘amgin ruhiyatini aks ettirishda madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarning yangi qirralarini topgan” muallif sifatida taqdim etilgani aytib o‘tiladi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin