Xalq og‘zaki adabiyoti. Afrikada istiqomat qilayotgan hamma xalqlarning xalq og‘zaki adabiyoti mavjud. Janrlari har xil: ertak, mif, qo‘shiq, topishmoq, masal va h.k. Ham nasrda, ham nazrda ifoda qilinadi. JAR, Gambi, Zimbaba, Beninda janrlar boy, Nubiy, Jibut va Janubiy Sudanda o‘ziga xoslik nihoyatda kuchli. Professional aytuvchilar, qo‘shiqchilar bor.
Afrika xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri bu hayvonlar haqidagi ertaklar bo‘lib, aksariyat hollarda quyon, toshbaqa va o‘rgimchak ayyor qahramon rolini bajaradi. Bu ertaklarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda axloqiylashtirish yo‘q. Ammo yaqin asrlarga qadar Afrika og‘zaki adabiyoti namunalari yozib olinmagan. Ilk yozib olish 17-18 asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Afrika koloniyaga aylantirilayotgan edi, yozib olish ham kolonizatorlar tomonidan amalga oshirilgan. Og‘zaki adabiyotning yirik namunalari qatoriga eposlar kiradi. Maliga oid “Silamaka va Pullori Fulba”, “Sundyata Mandingo”, Markaziy Afrikaga oid “Mvindo Nyanga haqida... predanie”, Sudanga oid epik poetik bitiklar bor.
Dostları ilə paylaş: |