Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Drayzerning «Amerika fojiasi» (



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə153/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Drayzerning «Amerika fojiasi» (1925) asari birinchi jahon urushidan so‘ng yozilgan monumental ikki tomli romandir.

Asarning bosh personaji burjua-meshchan oilasidan chiqqan bola Klayd Grifitsdir. U o‘sha muhit ta'sirida o‘sadi. Klayd burjua jamiyatiga xos yuzsizlik, boyish yo‘lida dastlabki qadam deb mahalliy mehmonxonani hisoblaydi va u yerda o‘z mijozlaridan xayr-sadaqaga ko‘z tutuvchi, manfaat yuzasidan ish yurituvchi egoistga aylanadi. Tartibsiz kun kechirish maishat va ichimlikka olib boradi. U tushgan mashina bir qizni bosib ketadi. Qamalish xavfi tug‘ilgach Klayd bu yerni tashlab, boy amakisi yashaydigan shaharga boradi va uning fabrikasiga ishga joylashadi. U yerda qishloqdan kelib xizmat qilayotgan kambag‘al kiz Roberta Olden bilan tanishadi va unga uylanmoqchi bo‘ladi. Lekin ahvolini tuzatish maqsadida u boy qiz Sondra Finchlini olishga intiladi. Lekin xomiladorligi aniklangach Roberta Klayddan o‘zini nikohlab olishni talab etadi. Bu narsa uning uchun ko‘ngilsiz vokea, ya'ni maqsadiga erishish uchun katta to‘siq edi. Shuning uchun Klayd Robertani qo‘lda sayr qildirib yurib, suvga chukdirib o‘ldiradi. Bu fojiali voqyeaning siri ochilib Klayd sud qilinib, elektr kursida jozolanadi.

«Amerika fojiasi» asari voqyeylikni keng qamrab olishi, ko‘tarilgan g‘oya va tanqidiy fikrning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksakligi bilan jahon progressiv adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatoridan joy oladi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin