Akkad adabiyoti. Akkad — Mesopotamiyadagi yevfrat (Frot) daryosi sohilidagi shahar. Sargonakkad II podshohligi davrida (bu sulolaning eng mashhurlari: Sharrukin I, Rimush, Manishtusu, Naramsin, Sharkalisharr va boshqalar) poytaxt bo‘lgan. Ayni shu nomdan akkad atamasi kelib chiqqan. Akkad Tigr va yevfrat oralig‘ida, hozirgi Bog‘dod shahri yaqinida joylashgan edi. M.a. III mingyillikda semit tillariga mansub aholi Mesopotamiyaga ko‘chib o‘tgani haqida ma'lumot keltiriladi. Ular mamlakat janubida joylashgan. Keyinroq butun mamlakat Akkad nomi bilan yuritilgan. Demak, Akkad so‘zi shahar, mamlakat va qavmlar ma'nolarida keladi. Mesopotamiyada Akkad davri deb yuritilgan vaqt m.a. 2350-2150 yillar orasidir.