Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Falsafiy proza–eramizdan oldingi V-IV asrlarda



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə40/160
tarix27.04.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#115563
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Falsafiy proza–eramizdan oldingi V-IV asrlarda ilmu-fan taraqqiyoti, san'at, adabiyot, tarix va notiqlik sohalaridagi yutuqlar bilan bir qatorda yunon falsafasi benihoya keng rivoj topdi. Falsafiy tafakkurning asosiy oqimlari bo‘lgan materializm hamda idealizm ta'limotlari shu davrda takomillashadi.

Demokritning hamma asarlari nihoyatda yuksak badiiy mahorat va nozik uslub bilan yozilganligini qadimgi dunyoning qalam ahllari bir og‘izdan tasdiqlaydilar. Demokrit iboralarining ravshanligini, nafisligini Sitseron alohida qayd etib uni Platon bilan bir qatorga qo‘yadi.

Qadimgi yunon falsafasining idealizm oqimiga asos solgan va o‘zining ijtimoiy va siyosiy dunyoqarashlari bilan Afinaning tagli-taxtli zodagonlari tabaqasiga mansub bo‘lgan kishi Platondir. 427-347 yillarda yashagan. Platon yoshlik chog‘larida Sokratning sevimli shogirdlaridan biri bo‘ladi, ustozi qatl qilingach Platon Afinani tashlab ketib bir necha yillar sayohatda yuradi. Yunonistonning turli shaharlarida hatto uzoq Misrda, Sitsiliyadagi orollarda, Sirakuz shahrida bo‘ladi. Nihoyat Afinaga qaytib Akadem degan qahramonning ibotatxonasi bog‘ida, o‘zining shu qahramonning nomi bilan atalamish mashhur maktabi - Akademiyani ochadi.

Platon yaratgan mukammal idealistik falsafiy ta'limot to shu kunga qadar mazkur oqimning hamma reaksion tarmoqlari uchun asosiy zamin va namunali manba bo‘lib kelmoqda. «Ideya» so‘zining o‘zi ham birinchi marta falsafiy iste'molga Platon tomonidan kiritilgan. Platonning qarashicha birdan-bir tuzum deb tushunilgan bu davlatda jamiyat a'zolari 3 toifaga bo‘linadi:

1. Faylasuflar–mamlakatni idora qilishlari kerak. 2.Soqchilar–mamlakatni qo‘riqlashlari kerak.3. Mehnatkashlar– (dehqon va kosiblar) hamma fuqaroni boqishlari, kiyintirishlari lozim. Platon ideal davlatida butun e'tiborni faylasuflarga qaratadi. (Sharqda Forobiy “Fozil odamlar shahri” kitobida ham ideal jamiyat haqidagi fikrlarinii ilgari surgan. U.H.) Platonning bizga qadar 41 ta asari yetib kelgan.

O‘zining asarlari bilan Yunon ilmu-fanini, falsafiy bilimlarini barkamol etgan ulug‘ olim va donishmand mutafakkir Aristoteldir. 384-322 yillar yashagan. Aristotel Makedoniyaning Stagiriya shahrida tug‘iladi. Uning otasi Makedoniya podshohining tabibi bo‘lgan. Aristotel ham yoshligidan otasining kasbini davom ettirib, boshqa sohalar bilan ham shug‘ullanadi. Afinaga kelib taxminan 20 yil davomida Platonga shogird bo‘ladi. 342 yili podshoh Filippning taklifi bilan Makedoniyaga qaytib uch yilgacha Aleksandrning tarbiyachisi bo‘lib xizmat qiladi. Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda «Litsey» nomi bilan shuhrat qozongan o‘zining xususiy maktabini ochadi. 323 yilda Aleksandr o‘lgach, Afinani tashlab Evbey orolidagi Xalkida shahrida 322 yilda vafot etadi.

Qadimgilarning aytishicha, Aristotel mingga yaqin asar yozgan. Ana shu buyuk merosdan bizga qadar 47 tasigina yetib kelgan. Bular orasida «Metafizika», «Politika», «Etika», «Ritorika», «Fizika», «Poetika», «Jon haqida», «Hayvonlar haqida» degan yirik-yirik asarlari bor. Ammo ulug‘ dahoning asrlar to‘fonidan omon qolib bizga qadar yetib kelgan asarlari ozginagina namunasi ham shu qadar chuqur, shu qadar murakkabki, olimlarning idroki to shu kunga qadar ularning tagiga yetib ulgurgan emas, desak yolg‘on bo‘lmaydi. Aristotel o‘zining san'at va adabiyot haqidagi fikrlarini «Poetika» asarida bayon qiladi. Adabiyotning turli masalalari yuzasidan aytgan yozuvchining fikrlari afsuski, bu kitobda nihoyatda qisqa, ba'zi o‘rinlarda hatto birmuncha noaniq ifoda etilgan.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin